3. Respublikamizda Bank kapitali yetarliligi ko’rsatkichini xalqaro talablar asosida shakllantirish masalalari
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkich bank kapitalining yetarliligi va uni barqaror manbalar hisobidan shakllantirilganligidir.
Tijorat banklari kapitalining yetarliligi deganda, odatda, bankning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash imkonini beradigan kapitalning zaruriy minimal darajasi tushuniladi.
Bugungi kunda tijorat banklari bajarayotgan barcha operatsiyalar bevosita yoki bilvosita bank kapitalining yetarliligi va uning sifatiga bog’liq bo’lib, har qanday tijorat bankining to’lovga qobilligini va risklardan holiligini baholashda bank kapitalining yetarliligi asosiy omil hisoblanadi. Tijorat banklarining yetarli miqdorda bank kapitaliga ega bo’lishi, ularning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash, shuningdek faoliyati davomida duch keladigan risklardan zarar ko’rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi.
Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda va uning yetarlilik darajasini belgilashda xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda.
XX asrning 70-yillariga kelib, dunyoning rivojlangan davlatlarida yiriklashib ketgan transmilliy banklar va banklar guruhi faoliyatini nazorat qilish jarayonida
davlatlararo yoki ko’p tomonlama nazoratni amalga oshirish mexanizmlari davr talabiga javob bermay qo’ydi. Buning natijasida, mamlakatlar bank tizimida to’liq nazoratni amalga oshirish imkonini bermayotgan bo’shliq paydo bo’ldi.
Mazkur bo’shliqni to’ldirish maqsadida rivojlangan davlatlar tomonidan bank nazoratining qabul qilinadigan umumiy qoidalarini yoki qabul qilinishi mumkin bo’lgan minimal darajadagi normativlarni ishlab chiqish zaruriyati tug’ildi. Nihoyat, 1997 yil aprel oyida konsultativ (tavsiya) xususiyatiga ega bo’lgan dastlabki hujjat tayyorlangandan so’ng, 1997 yil sentyabr oyida milliy va xalqaro darajadagi bank nazoratining 25 ta fundamental asosiy tamoyillari to’liq ro’yxati e’lon qilindi.
1996 yil Bazel qo’mitasi tomonidan konsultativ xarakterga ega bo’lgan hujjatlarni nashr etgandan so’ng, bozor riskini hisob qilish maqsadida kapital to’g’risidagi bitimga tuzatishni ko’zda tutadigan navbatdagi hujjatni chop eta boshladi. Kapital to’g’risidagi bitim kredit xavfidan yuzaga keladigan zararlarni bank kapitali hisobidan yopishni ko’zda tutardi. Shu bilan birga, ushbu xavf xususan, aksiyalar, qarz va boshqa moliyaviy instrumentlar bilan bo’ladigan operatsiyalar bo’yicha ham yuzaga keladigan zararlar bilan bog’liqligini ko’zda tutardi.
Bazel qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishi bank tizimi uchun o’z kapitaliga sifat va miqdor jihatdan yetarli talablarni o’rnatish yo’li bilan mustahkam faoliyatini ta’minlashdan iboratdir. Bu o’rinda asosiy hujjat bo’lib, 1988 yilda markaziy bank vakillari tomonidan ishlab chiqilgan va 1993 yilda amaliyotga joriy qilingan kapital va risk bo’yicha Bazel-I kelishuvi hisoblanib, unda kapital yetarliligi me’yorini hisoblash uslubi keltirilgan.
Kapital yetarliligini aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mazkur uslub kapital summasi bilan bank aktiv operatsiyalarining riskliligi o’rtasida o’rnatilgan bog’liqlikni maqsadga muvofiqligiga asoslanadi. Ushbu bog’liqlik o’z kapitalini riskka tortilgan aktivlarning jami miqdoriga yoki potenstial kreditlar, investistiyalar hamda boshqa qo’yilmalar bo’yicha yo’qotishlarning jami miqdori nisbati bilan aniqlanadi.
Ushbu standartda kapital sifat jihatidan ikkita yirik qismga ajratilgan va ularning har biriga nisbatan yetarlilik darajasi aniqlangan. Bazel standarti bo’yicha tijorat banklari kapitalining yetarliligi aniqlanayotganda ularning aktivlari risk darajasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Shuningdek, ushbu standart tijorat banklarining balansdan tashqari aktivlarining risk darajasini ham hisobga olgan holda kapital yetarliligini ta’minlashni nazarda tutadi. Tijorat banklari kapitalining yetarliligi bo’yicha Bazel standarti qabul qilingunga qadar, xalkaro bank amaliyotida 2 xil talab keng qo’llanilgan.
Birinchi talab, AQShning Federal Zahira tizimi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni aniqlash uchun bank kapitali uning depozitlari summasiga bo’linar edi. Agar mazkur koeffitsientning minimal darajasi 0,10 ni tashkil etsa, bankning kapitali etarli deb hisoblanar edi.
Ikkinchi talab esa, Xalqaro hisob kitoblar bankining mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bunda bank kapitalining yetarliligi kapitalni aktivlarning umumiy summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanar edi.
Bazel standartining yuqorida keltirilgan standartlarga nisbatan afzalligini belgilovchi asosiy jihatlari quyidagilardan iboratdir:
Bazel standartida kapital sifat jihatidan ikki yirik qismga ajratiladi va ularning har biriga nisbatan yetakchilik darajasi aniqlanadi. Holbuki, bundan oldingi standartlarda ko’rishimiz mumkin-ki, tijorat banklarining kapitali sifat jihatidan qismlarga ajratilmagan;
Bazel standarti bo’yicha tijorat banklari kapitalining yetarliligi aniqlanayotganda ularning aktivlari risk darajasiga ko’ra o’zaro farqlanadi.
Bazel standarti tijorat banklarining balansdan tashqari aktivlarining risk darajasini ham hisobga olgan holda kapital yetarliligini ta’minlashni nazarda tutadi;
Bazel standartida kapitalning yetarliligini aniqlashda qo’shimcha koeffitsientlardan foydalanish ko’zda tutiladi.
Bazel standartida barqarorlik xususiyatiga ega bo’lmagan mablag’lar bank kapitalining tarkibiga kiritilmaydi.
Risk bilan bank kapitalining yetarliligini hisoblash o’rtasida aloqalar mustahkamlanishi hamda Bazel qo’mitasining kapital tarkibi bo’yicha yangi talablari 100 dan ortiq davlatlarda qo’llanilishi jahon bank tizimini mutanosibligi va ishonchliligini mustahkamlashga, xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar o’rtasida raqobatning tengligini ta’minlashda hamda nazoratni kelishuv asosida amalga oshirilishiga katta yordam berdi.
Xalkaro Bazel Qo’mitasi tomonidan bank kapitali yetarliligini hisoblash bo’yicha ishlab chiqilgan standartlar jahon bank amaliyotida katta voqealikka sabab bo’ldi, shu bilan birga ushbu standartlar ayrim kamchiliklardan holi emasligi amaliyotda ifodasini topdi. Ushbu kamchiliklar birinchi bor AQSh, so’ngra Rossiya olimlari tomonidan keng e’tirof etildi. Bular quyidagilardan iborat edi:
barcha mamlakatlar uchun yagona kredit riskini o’rnatilganligi;
bank faoliyatida vujudga kelishi mumkin bo’lgan bozor va foiz xatarlarini inobatga olinmaganligi;
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning banklari uchun yagona yondashuvning joriy etilganligi shular jumlasidandir.
Yuqorida qayd etilgan e’tirozlarni bartaraf etish maqsadida hamda jahon tajribasini umumlashtirgan holda Bazel qo’mitasi 1999-yilning boshlarida bank kapitalining yetarliligi to’g’risidagi nizom masalalariga bag’ishlangan muloqotni tashkil qiladi. Muloqot chog’ida oxirgi 10 yil ichida bozor amaliyotini jadal rivojlanishi sharoitida hamda turli yangiliklarni paydo bo’lishi bilan moliya dunyosida ham o’zgarishlar vujudga kelib, amaldagi uslubda hisoblangan bank kapitali yetarliligi koeffistenti har doim ham uning moliyaviy holatini ishonchli ko’rsatkichi bo’la olmasligi ma’lum bo’ldi.
Shuningdek, mazkur muloqotda shuni ham alohida ta’kidlab o’tishdiki, amaldagi nizomda ayrim bank operatsiyalarining turlari bo’yicha riskni kamaytirish usullarini qo’llashni rag’batlantirish ta’minlanmagan. Natijada, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 2004-yil iyun oyida tijorat banklari kapitali yetarliligini ta’minlash muammosi hamda ular tomonidan iqtisodiy me’yorlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni yaxshilash masalalariga bag’ishlangan yangi yondashuv “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarining xalqaro (yaqinlashtiruv) konvergensiyasi - Bazel II” ni e’lon qildi.
Bazel II da bank kapitali yetarliligini aniqlashning quyidagi uchta yo’nalishdagi yangi standartlari joriy qilinishi ko’zda tutilgan.
bankning riskka tortilgan aktivlari tarkibida bozor riski va foiz riski inobatga olinadi. Kredit xatarlari bo’yicha amaliyotda joriy etilib kelinayotgan yagona yondashuvga barham beriladi.
tijorat banklari kapitali yetarliligiga o’rnatilgan talablarning yuqori darajada bajarilishiga erishish talab etiladi.
tijorat banklari aksiyadorlari va investorlariga bankning moliyaviy holati yuzasidan ma’lumotlarni olishga imkon yaratish hamda ular yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olish, shuningdek, bank kapitalini yetarliligi va tarkibi yuzasidan bank mijozlari va tashqi ekspertlarga o’zlarining takliflarini kiritishga ruxsat beriladi.
Bank kapitalini yetarliligiga qo’yiladigan talabni yangilashda muhim e’tiborni Bazel qo’mitasi nazorat faoliyatini mukammalashtirishga qaratgan. Nazorat organlarining maqsadi bankning kapital bazasi holatini nazorat qilish bo’lsa, ularning strategiyasi - bank kapitalini bankning risk umumiy tuzilmasiga muvofiqligini ta’minlashdir. Shu sababli nazorat organlari banklarning kapital yetarliligi me’yorining eng kam talablarini bajarishini talab qilishi huquqiga ega bo’lishi, shuningdek, kapital bazzasini baholash jarayoni va reytingi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Shuningdek, Bazel qo’mitasi bank tomonidan qabul qilingan strategiya, uning kapitali va to’lov qobiliyatini saqlash imkonini bermasa, nazorat organi uning faoliyatiga aralashish xuquqi berilishi borasidagi taklifi bilan chiqqan.
Bazel III talablari 1-komponentining asosiy maqsadi, bank regulyativ kapitalining mavjud iqtisodiy risklarga nisbatan ta’sirchanlik darajasini yanada aniqlashtirishdan iborat.
Bazel III talablarining 2-komponenti banklar va nazorat organlari o’rtasidagi aloqalarni yanada yaxshilashga urg’u beradi. Bazel qo’mitasi risklarni hisoblash amalga oshirilgandada faqatgina kapitalga nisbatan minimal talablarga rioya qilinishini tekshirish emas, balki tijorat banklari va nazorat organlarining tahlil imkoniyatlarini rivojlantirish, xususan kapital yetarliligini ichki baholash metodlari bilan baholashda stress - testlardan foydalanishni yo’lga qo’yishni taklif etadi.
Bazel III talablarining 3-komponenti yuqorida keltirilgan ikkita komponentni to’ldirib, bozor intizomining mustahkamlanishiga imkon yaratadi. Buning uchun banklar tomonidan o’z faoliyatiga taalluqli axborotlarni oshkor etishga bir qator talablar belgilangan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bazel III talablarida regulyativ kapitalni aniqlash hamda kapitalni riskka tortilgan aktivlarga nisbatining eng kam miqdori bo’yicha asosiy qoidalar o’zgarishsiz qolgan. Unga ko’ra asosiy ko’rsatkich, ya’ni umumiy kapital yetarliligi (N1) o’zgarmas - 8 foizligicha qolgan. Biroq kredit tashkilotlari kapital yetarliligi miqdorini mazkur ko’rsatkichdan yuqoriroq saqlashlari shart. Agar umumiy kapital etarliligi 10 foizdan pastga tushsa, bankrotlik to’g’risida ogohlantiriladi, agar 8 foizdan tushsa (3 oy mobaynida) kredit tashkiloti litsenziyasi chaqirib olinadi.
Shuningdek, xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi standartda tijorat banklar kapitalining yetarliligiga nisbatan yangi, 12 foizli talabni joriy etish ko’zda tutilgan asosiy maqsad, milliy bank tizimining to’lovga layoqatliligini mustahkamlash hamda aholi va investorlaming bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashdan iborat.
Bazel III ko’pgina mamlakatlarning risklarni baholash va boshqarish borasidagi tajribasiga tayandi. Uning bosh maqsadi - bank ishida risklarni boshqarish sifatini oshirishdan iborat.
Bazel III talablarini joriy etish bo’yicha Markaziy bank asosiy rol o’ynaydi. Yangi talablar Markaziy bank tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlarda, risk - menejment usullarida va texnologiyalarda ham aks ettirilishi lozim.
Yevropa Ittifoqida Bazel II talablari 2006-yildan boshlab tajriba tariqasida amal qila boshladi. Bunda Yevropa Ittifoqi davlatlari mustaqil ravishda Bazel II ga o’tish dasturlarini ishlab chiqishgan. Bu jarayon nazoratini Yevropa Markaziy banki va Bazel qo’mitasi kuzatib boradi. Yevropa Ittifoqining har bir davlati hususiyatlari inobatga olingan, maqsadli guruhlar tashkil etilgan, o’tishning reja- grafiklari ishlab chiqilgan, bank nazorati qonunchilik platformasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Yevropa banklariga 2007-yilda takomillashtirilgan yondashuvlarni ixtiyoriy tanlash imkoni berilgan. 2008-yildan boshlab esa butun bank tizimi risklarni baholashning takomillashtirilgan usullarini qo’llashga o’tishi amalga oshirilmoqda. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha iqtisodiy me’yorlar ham eski ham yangi tartibda hisoblanmoqda.
So’nggi yillarda bank tizimi barqarorligi hamda banklar kapitalining yetarlilik darajasini baholash mezonlarini yanada takomillashtirish maqsadida sohaga oid amaldagi huquqiy me’yorlarni Bazel qo’mitasining Bazel III yangi talablari asosida boyitish va uni mamlakatimiz bank tizimiga joriy etish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mmlakatlarida tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda.
Bank kapitalining yetarlilik darajasini tartibga solish rivojlangan mamlakatlarda 20 asrning 70-yillaridayoq amalga oshirila boshlandi. Birinchi bo’lib, 1978-yili AQSHda bank kapitalining yetarlilik darajasi standartlari qabul qilindi.
Bank kapitali bilan bog’liq muammolarni hal etilishi uchun 1987-yilda AQSH FZT boshqaruvchilari kengashi va 11 rivojlangan mamlakatlar (Belgiya, Kanada, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va Lyuksemburg) vakillari Shveytsariyaning Bazel shahrida bank kapitalining yangi standartlari to’g’risidagi dastlabki kelishuvga (ko’p hollarda Bazel kelishuvi deb nomlanadigan) kelinganligini e’lon qilishdi. Kelishuv nalaqat kelishuv ishtirokchilar uchun, balki boshqa davlatlar bank tizimlari uchun katta ahamiyat kasb etdi. Bu uchrashuvda, bank laoliyatini tartibga solish bo’yicha yagona qoidalar yaratish bo’yicha qo’yilgan birinchi qadam silatida kelishuv imzolandi. Bank laoliyatini tartibga solish qoidalari Bazeldagi xalqaro hisob - kitoblar banki tomonidan ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari Bazel III ga muvofiq, banklarga kapitalning 15 foizidan oshmaydigan miqdorda konsolidatsiyalashmagan moliyaviy muassasalarning oddiy aksiyalariga investitsiyalar qilishga ruxsat beriladi. Investitsiyalarning yuqoridagi 15 foizdan ortiq qismi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kapital tarkibidan 100 foiz chegirib tashlanadi.
3-jadval Bank kapitali yetarliligi bo’yicha Bazel III talablarini joriy etish muddatlari
Dostları ilə paylaş: |