Mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI
REJA:
1
2
3
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi, predmeti va funksiyalari.
Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar.
To‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi ahamiyati.
4
Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari
5
Xorijiy davlatlarda soliqlar asosida iqtisodiyotni tartibga solish nazariyasi va amaliyoti tahlili
SOLIQ
Soliq deganda Soliq Kodeksda belgilangan, O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga to’lanadigan majburiy beg’araz to’lov tushuniladi.
Soliqlar - bu majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida bo’ladi.
Soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot (ichki milliy mahsulot)qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi.
“Soliq” kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.