2-mavzu. X bob. Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
OmbordanKBTEBquyidagihollardahisobdanchiqariladi: foydalanishga berilganda;
sotilganda;
bepul (tekinga) berilganda;
kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz bo’lganda;
fors-major holatlarda.
KBTEBnifoydalanishgaberishquyidagibuxgalteriyao’tkazmasibilanrasmiylashtiriladi: Debet 56406 "Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
BankortiqchaKBTEBnisotganda (KBTEBshartnomadakelishilgannarxlardasotiladi)quyidagi buxgalteriyao’tkazmalari amalga oshiriladi: KBTEBnisotishsummasiga:
Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat ko’rsatilsa.
Kredit 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar"
KBTEBbankuchun foydayokizararsizsotilganda:
Debet 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar" sof tushum summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
KBTEBfoydabilansotilganda:
Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45913 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga
KBTEBzarar bilansotilganda:
Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga
Debet 55906 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEB ning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56795 "Boshqa operatsion xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
KBTEB ning kamomadi, shuningdek, aybdor shaxs aybi bilan yaroqsiz holgakelgan(aybdorshaxsaniqlanganda)KBTEBningqiymatiinvetarizatsiyakomissiyasiningboshliјivaa’zolari,moddiyjavobgarshaxs(ombormudiri)tomonidanimzolanganaktbilanrasmiylashtiriladivamoddiy-javobgarshaxslardanbelgilangantartibdaundiribolinadi hamdaquyidagi buxgalteriyayozuviorqalirasmiylashtiriladi: Debet 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriyao’tkazmasi amalgaoshiriladi: Debet 29803 "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda: Debet 10101 "Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Agarinventarizatsiyapaytidaombordahisobdabo’lmaganbuyumlaraniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narxida baholanib,belgilangantartibdaomborgakirimqilinadi.Bundaqo’yidagibuxgalteriyao’tkazmasi amalgaoshiriladi: Debet 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45994 "Boshqa foizsiz daromadlar"
Ombor mudiri (omborchi) ishdan bo’shashi, boshqa ishga o’tkazilishi, mehnat ta’tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyruјi bilan xodimlar tarkibidagi hay’at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida omborda to’liq inventarizatsiya o’tkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz
ATB “Kapitalbank” mart oyida quyidagi kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilib, foydalanishga bergan:
3-martda 20 pochka qog’oz- har biri 30 ming so’mdan, va “delo” papkasi 100 ta 1200 so’mdan xarid qilindi.
7-martda 10 ta pochka qog’oz 34 ming so’mdan 50 dona “delo” papkasi 1500 so’mdan
10-martda 40 pochka qog’oz 29 ming so’mdan, 200 dona “delo” papka 1100 somdan omborga kirim qilindi.
11-martda 25 pochka qog’oz, 150 dona “delo” papka foydalanishga berildi.
24-martda 30 pochka qog’oz, 200 dona “delo” foydalanishga berildi.
Oyning oxirida inventarizatsiya qilinishi natijasida 3 pochka qog’oz kamligi aniqlandi. 1 pochka qog’oz tabiiy sabab bilan yo’qolgan (fors-major).
Qolganlariga ombor mudiri javobgarligi belgilandi.
Kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni FIFO usulida hisobini keltiring va ombordagi qoldiqni aniqlang. Kamomadga buxgalteriya provodkasini bering.