b). Agar choraklik uchun oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi bankning haqiqatdagi foyda soligʻi summasidan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22502- hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi.
b). Agar choraklik uchun oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi bankning haqiqatdagi foyda soligʻi summasidan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22502- hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi.
- kam toʻlangan summaga,
Debet 56902 –“Daromad soligʻini baholash”,
Kredit 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari” hisobvaragʻi.
- kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda,
Debet 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Agar oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi haqiqatda aniqlangan foyda soliq summasida koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisobkitob qilish asosida tartibga solinadi.
Chorak boshida bashorat qilingan foyda soligʻi summasi haqiqatda kam yoki koʻp toʻlanganligi chorakning oxirida soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan 22% miqdorida hisoblab aniqlanadi. Banklarda foyda soligʻi soliq bazasi bankning hisobvaraqlar rejasining 4 boʻlimidagi daromadlar hisobvaraqlaridagi qoldiqlar asosida aniqlanadi. Soliq bazasini hisoblashda 4 boʻlimdagi hisobvaraqlardagi daromad summasida Soliq kodeksida belgilangan imtiyozlari mavjud boʻlgan daromad turlari va boshqa chegirmalar ayirib tashlanadi. Mol-mulk soligʻi hisobi. Tijorat banklari barcha yuridik shaxslar kabi mol-mulk soligʻi toʻlaydilar, hozirgi paytda ushbu soliq stavkasi mol-mulkning umumiy summasiga nisbatan 5 foizni tashkil etadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 17-ilovasi). Mol-mulk soligʻi uchun soliq davri qilib kalendar yil belgilangan. Banklarda mol-mulk soligʻi uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda 16509+16535+16529+16541, 16549- hisobvaraqlarida mavjud qoldiq summalari olinadi, (16549 hisobvaraqda hisobga olingan ijradagi teminallar uchun soliqdan imtiyoz mavjud va ular soliq bazasidan chegiriladi).
Yer soligʻi hisobi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan banklar yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 19-ilovasi). Koʻchmas mulk bank tomonidan ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi, yaʼni bank yer soligʻini toʻlovchi boʻladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun yer soligʻini toʻlaydi. Yer soligʻi har bir soliq davrining 1 yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Yer soligʻini toʻlash, banklar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.