Баратов Олмасбек


Tarbiyada vijdon, iroda, qat’iyatlik va ishonch



Yüklə 174 Kb.
səhifə5/7
tarix01.02.2023
ölçüsü174 Kb.
#82134
1   2   3   4   5   6   7
Qosimov Rustambek

3. Tarbiyada vijdon, iroda, qat’iyatlik va ishonch.

Vijdon ofitserning o‘z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun jamoatchilik oldidagi ma’rifat tuyg‘u hisoblanadi. U diyonat, insof, halollik, sofdillik degan ma’nolarni ham bildiradi. Tarbiyani xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko‘zlab, harbiylarda ijobiy fazilatlarni, vijdoniy irodali, qat’iylik va ishonch tuyg‘usini muntazam amalga oshirib boriladi.


SHubhasiz tarbiya insonning ko‘zi, sochi, terisining rangiga, uning badani tuzulishiga ta’sir eta olmaydi, lekin jismoniy taraqqiyotga, vijdoniga, irodasiga, qat’iyligiga va ishonchiga ta’sir etish mumkin. Vijdon, iroda, va qat’iylik harbiylarning faoliyatiga, maqsad va intilishiga asos bo‘ladigan ularga baho bera olishga imkoniyat yaratadigan ma’naviy zaminlardir. Bu ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lsa ham, ishonch ularning o‘zagidir, poydevoridir.
Vijdon harbiylar shaxsining o‘z e’tiqodiga tayangan holda boshqarishning niyati, qilmish-qidirmishiga, o‘zining ishlariga, xatolariga munosabat bildirishdir. Vijdon hayotda yo‘l topishning mezoni hisoblanadi. Vijdonga asoslangan ruhiy holatlarning mazmuni, ahamiyati shaxs ma’naviy kamoloti darajasi bilan belgilanadi. Ma’naviyatning bu jihatlari axloq, odob, burch, to‘g‘riylik va mas’uliyat tuyg‘usi, bilim va tajriba asosida shakllanib, inson xarakterining ichki negizini tashkil etadi.
Vijdon e’tiqod asosida barqarorlashib barcha, insonning jamiyatdagi mavqeini, maqsad va intilishlarining yunalishlarini belgilab beruvchi asosiy ma’naviy omilga aylanadi. Harbiylarni vijdonli bo‘lishiga chorlash, ularni axloqiy, huquqiy qadriyatlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirishdir.
Vijdon insonning hayotida doimo Ollohga, uning rusumiga, ularning yo‘llanmalariga pok bo‘lishi lozim. Hayotga vijdonan e’tiqod qilish inson qalbida doimo mustahkam o‘rin olishni anglaydi. Inson vijdon orqali Payg‘ambarimizni qilmishlariga iymon keltiradi, ularning rahnamoligini tan oladi. Tadbir o‘zgarib turadi. Agar insonning tadbiri ulug‘ hikmatlarga, vijdoniga tayansa, u ta’sirli, samarali bo‘ladi, uni savobli ishlarga yo‘llaydi.
YUqoridagi fikrlarga vijdonlikning mezonlari ko‘rsatilgan. Bular vijdonlikning hayotiy yo‘nalishlariga asos bo‘ladigan ma’naviy omillardir.
Iroda birinchi navbatda hayotiy, dunyoviy muammo hamdir, odamlarni to‘g‘ri yo‘l bilan borishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Iroda manbai hayotning barcha sohalaridagi ijodiy, yaratuv­chilik faoliyati deyish mumkin. Mehnatga nisbatan munosabat esa jamiyat ilgarilab rivojlanishi darajasining muhim belgisi hisoblanadi.
qatiysizlik esa-e’tiqodsizlik, vijdonsizlik, tuban yo‘llarga yurish, axloq, odob, insonparvarlik qoidalariga rioya qilmaslikdir. Agar qat’iy bo‘lishning mohiyatiga e’tibor berilsa, ular hayo, andisha, shirinso‘zlik, halollik, adolatlik, or-nomuslilik, vijdonlik, vafodorlik, mehnatsevarlik, xayr-ehsonlilik kabi axloqiy qadriyatlardan iborat ekanligini ko‘ramiz.
Demak, qatiylik komil ofitserning etuk ma’naviy fazilatlari yig‘in­disidir. Ofitserning qalbidan vijdon, iroda, qat’iylik urug‘i bor. Bu urug‘ni qanday parvarishlash e’tiqodimiz mustahkamligiga, ma’naviyatimiz dar­a­jasiga bog‘liq. Vijdonli, irodali va qat’iyli bo‘lish har qanday sharoitda meros va qadriyatlarga, yangi davr taqozo etgan ma’naviy qadriyatlarga tayanch bilishdir. Inson ilmi yo qat’iyyatlik mavqeisida, yoshi, yo kasb-koridan qat’iy nazar, har kun, balki har soat odamlar bilan muomalada bo‘ladi. Askarlar tomonidan ayri yashash mumkin bo‘lmaganidek, xizmat burchi yoki harbiy Mudofaa ehtiyoji bilan ham askarlarga ro‘baro‘ kelmaslikning iloji yo‘q.
Harbiylarni ma’naviy jihatdan go‘zal qilayotgan irodalik va mehnat­sevarlik kabi sifatlar orasida qat’iyatlik irodasi, tajribasi va shijoati bilan havas o‘yg‘otish mumkin. Ammo vijdonsiz, irodasiz va qatiysizlik yaxshi sifatlarning hammasi ikki chaqa bo‘lib qoladi.
Ma’lumki har qanday ijtimoiy tuzumning o‘z mafkurasini, kurash va intilishini aks ettiradigan qatiyligi bo‘ladi. SHuning uchun vijdon va qat’iylikni jamiyat oynasi deb atash mumkin. Ma’lumki, inson onadan vijdonsiz, irodasiz yo bezori bo‘lib tug‘ilmaydi. Uni ijtimoiy tuzum yo tor muhit buzadi. Bizning jamiyatimizda esa odamning buzilishiga na zamin bor va na asos.
SHuning uchun bizdagi ba’zi vijdonsizlik, irodasizlik, qat’iysizlik, tekinxo‘rlik hollari faqat tor muhit ta’siri asosida siqilib yashayotgan yaramas illatlar bo‘lishi mumkin.
SHuningdek, bunday yomon odatlar tabiiy ofat singari osmondan ham yog‘masligini bilamiz. Bularning asl tug‘iladigan, qo‘lansa hid tortaladigan joylari bosh-bog‘siz oila, tor muhit, maslaksiz, ma’nosiz jo‘ralar ulfatchiligidir.
O‘tmish tajribalardan ma’lumki, vijdon, iroda, ishonch va qat’iylik bo‘lmagan joyda taraqqiyot va kamolot, osoyishtalik, ezgulik va ro‘shnoilik, haqiqat va adolat, poklik va halollik, diyonat va halovat va shu kabilarning ildiz topishi mumkin emasligi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan to‘la dalillangan.
Ishonch yaxshilikning shakllanishi, rivojlanishi, barkamollik gashtidir. Vijdon, iroda, ishonch va qat’iylik yo‘qolgan erdan iymon ketadi. Ishonchsiz umr-yonib bitgan ko‘mir. Ishonchsiz-qalbda iztirob, qayg‘u sitam, umidsizlik kayfiyati uya quradi.
Demak, harbiylar ruhidan ishonchsizlikni chiqarib tashlab, ishonch urug‘ini sepish, uni undirish, ustirish birinchi galdagi vazifasidir. SHuning uchun malakatimizda demokratiya va ijtimoiy adolatni qaror toptirishiga alohida e’tibor bermoqda. CHunki u istiqlol va taraqqiyot yo‘lining asosiy tamoyillaridan biridir. Boshqacha qilib aytganda, adolat va haqiqat ishonch qasrining kalitidir. YAngi tashkil topgan yosh mustaqil O‘zbekiston davlati va armiyasi uchun odamlarning odamlarga, odamlarning davlatga, armiyaga va armiyaning davlatga ishonchi juda muhimdir. Xudi shu narsa davlatlararo munosabatlarda ham qaror topishi zarur.
Ishonchni ko‘kartiruvchi, o‘stiruvchi tabarruk zamin-demokratiya va adolatdir, hamma uchun barobar kuchga ega musstahkam qonundir. Inson ruhiyatida va inson qarashlarida bir narsa borki, u insonni dadil olg‘a qadam tashlashga, doimo da’vat etib turadi. U ham bo‘lsa kafolatdir. Bir kishi boshqa kishiga biron ishni qilishga undasa, u shu ishning yaxshilik bilan tugashiga, natijasi ijobiy yakunlashiga kafil bo‘lishi kerak. Ayniqsa, armiyani, davlatni boshqarishda kafolat muhim ahamiyatga egadir.
Har bir mustaqil davlatning chegaralarini qo‘riqlash, Vatanni, xalqni himoya qilish uchun ishonchi bilan, kuchli, bilimli, jismonan baquvvat qurolli Kuchlarning barcha sir-asrorini to‘la-to‘qis qunt bilan o‘rgangan harbiy xizmatchilar kerak. Bulardan oldin birinchi bor harbiy xizmatchilarimiz o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlarimizni yuqori cho‘qiga olib chiqishimiz darkor.
Biz harbiy xizmatchilarimizni halokat yo‘lidan qaytarishimiz, fikri etuk, aqli butun, qalbi sof va shavqatli, harbiy xizmat qiyinchiliklarini Vatan himoyachisi degan g‘urur bilan engaoladigan harbiylar qilib tarbiyalashimiz kerak.
Mana shu maqsadda biz qadimiy boy ma’naviyatimiz, qadriyatimizga ishon­tirib ulardan foydalanishimiz kerak. Ammo buni yana ham takomillashtiri­shi­mizni unitmasligimiz kerak. Bizning qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar orasida vijdonli, irodali va ishonchli kadrlarni tarbiya qilmasak hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Buning sababi har doim qurolli Kuchlar yuksak harbiy intizom, o‘z do‘stlarini qadr-qimmatini, ma’naviy tomonidan boyligini, komandirlar va Nizom talablarini so‘zsiz bajarishini talab qiladi. Umuminsoniy qadriyatlarimiz qanchalik rivojlangan bo‘lsa, askarlarimiz bir-birlarining qadr-qimmatlarini yuqori darajaga qo‘ysa, davlatimizni rivojlanishiga katta yordam bo‘ladi.

Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin