Баратов Олмасбек



Yüklə 174 Kb.
səhifə6/7
tarix01.02.2023
ölçüsü174 Kb.
#82134
1   2   3   4   5   6   7
Qosimov Rustambek

Inson deyilganda, uning ko‘p ajoib fazilatlari qatorida vijdon bilan irodasi ham ko‘z o‘ngingga keladi. SHuning uchun ajdodlarimiz aytgan:
Vijdon qo‘li, iroda begi bo‘l!


XULOSA

Islomda tarbiya, aql inson kamolotining mezoni xisoblanadi. Xadislarda xam insoning ma’naviy kamoloti mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashini kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani, o‘z bilimini atrofdagilarga jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishiga muxim omil-tarbiya deb xisoblanadi.


Respublikamizning istoqlolga erishuvi natijasida o‘zbek peda­gogikasi tarixida uzok davr ta’qiqlangan e’tibordan chettda qol­gan madaniy merosga qiziqish kuchaydi. YOshlarni an’analar asosida tabiyat, jamiyat, ruxiyat, qadryatga muxabatini, qiziqish va ixlosini tar­biyalamay milliy kiyofani shaqllantirib bo‘lmaydi.
Xar bir inson bolalikdan o‘z xalqini, millatining qadryatlarini til boyliklarini, uning tarixini, og‘zaki va yozma adabiyotining xam­ma sa’natini, urf-odatlarini, ilg‘or an’analarini, xalqchilik, ruxiy ma’naviy merosini o‘rgansagina usha xalqqa va millatga mansub bo‘la oladi.
Islom dini g‘oyalari ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsata­di. Qur’on-dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarni muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida "Qiroat" ma’nosini anglata­di. "Qur’on" kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga ezgulikka undaydi. SHunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega, u in­sonning ma’naviy kamolga etishida muxim o‘rin tutadi. SHuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadryati sifatida e’zozlanib kelinmokda. Islom insonni ruxiy tarbiyasiga xam, jismoniy tarbiyasiga xam e’tibor beradi. Islom odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, yomonlikdan kaytaradi. Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruxiy-ma’naviy poklik va etuklikka undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik,e rkni taranum etadi. Inson shaxsi, jamiyat ilm bilan kamolga etadi, taraqqiy etadi.
Xar bir inson yoshligidanok o‘z millati, xalqning urf odati, qadryati, an’analari, til boyligi, og‘zaki va yozma adabiyoti, san’ati va musiqasini, xulas chukur ma’naviy merosini o‘rganib boradi. SHunday qilmas ekan, u aniq bir xalqqa mansub ekanligini ko‘rsata olmay­di. SHuning uchun xam xalq ta’limi tizimining boshlangich davridayok, ya’ni, bolalar bog‘chani boshlangich maktablardan, yoki xar bir oilaga o‘z xalqining milliy gururi qarashlari, orzu istaqlari, dunyoqarashla­rini milliy asoslardagina shaqllantira bormas ekan ko‘zlangan maq­sadga erisha olmaydi. Biz dars davomida, darsdan tashqari tarbiya soatlarida o‘quvchilarga marosim va an’analarimizni tushuntirib bo­rishimiz zarur. An’analarimizda topishmok tez aytishlar, dostonlar kuylanishi, shuningdek ertak, afsona, rivoyatdagi voqea-xodisalar bola­lar ruxiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. YOsh avlodga dinimizni, tili­mizni o‘rganishimiz zarur maktablarda esa an’anamiz, qadrlashimiz lo­zim.
Xadislardan parchalar yodlatish, xayitning qadimgi bayram ekan­ligini, uni yanada yaxshiroq tayyorgarliklar bilan o‘tkazish, milliy li­boslar xaqida suxbatlar o‘tkazish kerak. Musulmonlarga xos udum­lar, urf-odatlarga oid xulq - odob qoidalari bayon etilishi, turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, marosimlarda yurish-turish, so‘zlab o‘ti­rish madaniyati xaqida turli tavsiyalar, maslaxatlar berilishi lo­zim. Donishmand Yusuf Xos Xojib xam insonning turli marosim, yig‘inlar uchrashuv, ziyofatlarda o‘zini tutish, xulq odob qoidalariga rioya etishi xaqida xam fikr yuritib, insonning mezmonlik va mexmonnovozlik qoidalari, shartlari, tartib intizomlari xaqida xam muxim o‘gitlarni be­radi.
Xalqni ijtimoiy jixatdan ximoyalash xamda ma’naviy isloxatlar o‘tkazish, ya’ni ota-bobolarimiz qadryatlariini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish kabi vazifalarni amalga oshirish yulida Respublikamiz­da katta ishlar amalga oshirilmokda.Ayniksa,I.A.Karimovning "Mil­liy istiqlol mafkurasini yaratish va xayotga tadbik etish" xaqidagi fikrlarini biz tarbiyachi - muallimlarning xam xarakat dasturi­miz. CHunki, iste’mol mafkurasi biz shu vaqtgacha amal qilib kelgan mafkuradan farq qilib, u xalqimizning azaliy an’analariga udumla­riga 6 diniga va tiliga, ruxiyatiga, umuminsoniy qadryatlariga sadoqat, kelajakka ishonch, mexr oqibat, insof, adolat, ma’rifat tuyg‘ulari­ni kishilar ongiga signdirishga asoslangandir. Xaqikatdan, Respubli­kaizni taraqqiyot darajasida ko‘taradigan chinakam komil insonni shaqllantirish - bu uning ma’naviyatini shakllantirishdir.



Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin