Barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va


-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

 
 01-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi 
hujjatlari 



 
Pedagogik kengashlar 
oʻquv yili davomida 4-marta (avgust, noyabr, fevral, 
may oylarida) oʻtkazilishi rejalashtiriladi.
Har bir kengashda MTTning asosiy vazifalari asosida mavzular 
rejalashtiriladi.
Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va 
taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar, turli masalalar, uyga 
vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa - bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib, 
pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va rahbariyat 
tomonidan nazoratga olinadi.
Masalan, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini 
bajarishga qaratilgan holda “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini 
tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan hamkorlik 
ishlari”, “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya 
vositalardan foydalangan holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion 
gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik jarayon (frontal, 
mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari 
faoliyatiga bogʻliq masalalar kiritilishi maqsadga muvofiq.
Namuna
T/r 
Ish mazmuni 
Bajarish 
muddati 
Masʼul shaxslar 
Bajarilganligi 
haqida belgi 
MTTning pedagogik kengashi 
– kollegial boshqaruv organi hisoblanadi.
MTTish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilaydi.MTTning 
taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va taʼlim 
dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning qonuniy vakillari 
hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish rejasining 
bajarilishi, nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning ijodiy tashabbusini 
rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, direktor va pedagoglarning xisoboti 
tinglanadi.
Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash 
bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy 
materiallar, maʼlumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash 
kotibasi tomonidan yozib boriladi.
Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon 
kilinadi va kengashning eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik kengashrejasiga 


10 
kiritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin ogohlantirilgan 
holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar va qaror 
loyihasi pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin topshiriladi. Kengash aʼzolari 
tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar asosida qoʻshimchalar va 
oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonida har bir masaladan 
soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul 
shaxsga yuklatilib, mazkur qarorlarning ijrosini bajarilishi keyingi pedagogik 
kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga koʻra nazoratdan olinadi.
Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi 
shakllantiriladi. Pedagogik kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan
MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin