Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə42/59
tarix06.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#72528
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘iboti.
Fuqaro muhofazasi faoliyatining barcha tomonlari, jumladan FVDT tizimlarining shaxsiy tarkibi va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi takomillashgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Ushbu tayyorgarlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi.
Ma’naviy tayyorgarlik - fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekanligiga ishonchni tarbiyalash, o‘z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.
Ruhiy tayyorgarlik - bu odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
1. Aholining turli toifalarida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish chog‘ida yuqori ruhiy barqarorlikni ishlab chiqish.
2. Har bir fuqaroda favqulodda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga yordamga kelishga shaylikni tarbiyalash.
3. Aholining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish malakasiga ega bo‘lishiga erishish.
4. Qutqaruvchilarda jabrlanuvchilarga ko‘maklashishga, ularni qutqarib olishga doimiy shaylik, insonparvarlikni shakllantirish.
5. Rahbarlar tarkibida yuqori ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tarbiyalash.
Insonni ruhiyati zo‘riqqan sharoitlarda faoliyat yuritishga tayyorlash uchun psixologlar faoliyat shiddatini oshirish; to‘la bo‘lmagan axborotga asoslangan, juda qisqa vaqtda, noqulay sharoitda vazifalarni hal etish, xavf-xatar elementlari mavjud vaziyatlarni yuzaga keltirish; mashg‘ulot davomida kutilmagan to‘siqlar va qiyinchiliklarni kiritish; faoliyatning ayrim maqsadlarini ularning muhimligi, bajarish muddati og‘irligidan kelib chiqib solishtirish va tasniflashga doir mashqlar o‘tkazish; qaror qabul qilishning bir yoki bir nechta ehtimoliy usullarini mustaqil tanlashni talab etuvchi masalalarni qo‘yish; qisman muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi va bundan so‘ng faollikni oshirishni talab etuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish; zudlik bilan qat’iy, mustaqil harakat qilishni talab etuvchi sharoitlarni yuzaga keltirish va vazifalar qo‘yish; tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishidan kelib chiqib bo‘lajak faoliyat modellarini yaratish kabi usullarni tavsiya etadilar.
Asosiy e’tibor suvdan, olovdan, balandlikdan, qorong‘ulikdan, qattiq tovushdan, yorqin yorug‘likdan, yopiq fazodan, nafas olishni qiyinlashishidan, nohush yoqimsiz sezgilardan qo‘rqishni yengishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu mashqlar shunga yaqin vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda odamlarda xayajonlanish va sarosimaga berilish xissini kamaytiradi.
Fuqaro muhofazasi targ‘iboti aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarining muhimligini anglagan holda tarbiyalashga, fuqaro muhofazasi bilim va malakalarini egallashga safarbar etishga, uning barcha tadbirlariga chin ko‘ngildan ishtirok etishga chaqirishga qaratilgan.
67. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘iboti?
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘ibotining vazifalari:
1. Aholiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanini tushuntirish.
2. Fuqaro muhofazasining roli ortib borayotganini, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi davlat hujjatlarining mazmunini, aholining fuqaro muhofazasiga oid huquqlari va vazifalarini tushuntirish.
3. Aholiga favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni o‘rgatishga hissa qo‘shish.
4. Fuqaro muhofazasi ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tarixi va an’analarini tizimli targ‘ib qilish.
Fuqaro muhofazasini targ‘ib qilishning quyidagi shakllari mavjud:
1. Og‘zaki targ‘ibot.
2. Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio).
3. Fuqaro muhofazasiga doir kitob va risolalarni nashr etish va ulardan tushuntirish ishlarida foydalanish.
4. Kino va videofilmlar.
5. Ko‘rgazmali vositalar (plakat, stend, fotomontaj, vitrina va h.k.).
6. Korxonalarda, aholi yashash joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda mashg‘ulotlar olib borish.
68. Favqulodda vaziyatlarda aloqa va xabar berish tizimi?
Aloqa va xabar berishni tashkil etish uchun fuqaro muhofazasi bosh-
liqlari mas’uldir. Aloqa va xabar berish tizimining asosiy vazifalari:
— signallarni o‘z vaqtida berish va qabul qilish, FVDT rejimlarini o‘rna-
tish xususida farmoyish yuborish;
— FVDT boshqaruv organlari o‘rtasida quyidan yuqoriga va yuqoridan
quyiga axborot almashinishning ishonchli bo‘lishini ta’minlash.
Respublika darajasida xabar berish tizimining vazifalari:
— respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini, shuningdek,
axborot bilan ta’minlash va boshqalarning avtomatlashtirilgan tizimini
yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;
— aloqa, radio, televideniye va boshqa texnika vositalarining davlat va
idoraviy kanallaridan boshqarish va axborotni uzatish uchun markazlashti-
rilgan holda foydalanishni ta’minlash;
— kimyoviy va boshqa xavf kuchli obyektlarda hamda ularga yondosh
hududlarda xabar berish va axborot uzatishning mahalliy tizimini, shuning-
dek, suv omborining gidrotexnik inshootlarida signalizatsiya va xabar
berishning mahalliy avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va
yaratishni nazorat qilish;
— yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va
kechishi, mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar to‘pla-
nishini va almashishini hamda xabar qilishni ta’minlash va nazorat qilish.
Mahalliy miqyosda xabar berish tizimining vazifalari:
— viloyat ichki aloqa va xabar berish tizimlari, shuningdek, boshqaruv
va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va
doimiy tayyor holda saqlash;
— boshqarish va axborotni uzatish uchun aloqa, radio, televideniye
hamda boshqa texnik vositalarning davlat, viloyat va idoraviy kanallaridan
markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
— manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kimyoviy va boshqa
kuchli xavfli obyektlar, ularga yondosh hududlarda xabar berish va ularni
uzatishning mahalliy tizimlarini, shuningdek, suv omborlarining gidro-
texnik inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning avtomatik tizimlarini
yaratish.
Obyekt darajasida xabar berish tizimining vazifalari:
— kimyoviy va boshqa xavfli obyektlarda xabar berish va axborot
uzatishning mahalliy tizimlarini, shuningdek, gidrotexnik inshootlarda
signalizatsiya va xabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish
ishlarini tashkil etish;
— xabar berish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga
kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi,
yetkazilishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish
uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zaruriy yordam to‘g‘risida yuqori
organlarga ma’lumot berish.
O‘zbekiston Respublikasining barcha idoralarida xabar berish va axborot
uzatish tizimining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish bo‘yicha vazifalari:
— fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida aloqa tizimlarining
ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashni tashkil etish va amalga oshirish;
— idoraviy potensial xavfli obyektlarda signalizatsiya va xabar berishning
mahalliy avtomatlashtirilgan tizimini yaratish;
— aholini favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganligi va sodir bo‘lganligi
to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.

69. Xabar berish signallari va ularga binoan aholining harakati?



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin