Barg xilma – xilligi va ularning ahamiyati


-rasm. Har hil turdagi barglar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#41165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi

8-rasm. Har hil turdagi barglar

O`simliklarda morfologik tuzilishga ko`ra oddiy va murakkab barglar hosil bo`ladi. Oddiy barg deb faqat bitta barg plastinkasi bo`lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo`lsa murakkab barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so`ngra bandi to`kiladi.

Barg o`simligining asosiy vegetativ organi bo`lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug` embrionidan yoki kurtakdan o`sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o`sadi. Ba`zi o`simliklarda masalan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o`sadi. Ko`pchilik o`simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to`kiladi. Ba`zi o`simliklarning bargi esa bir necha yil to`kilmasdan turadi. Masalan: qarag`ayning bargi 3 yil, archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o`simlikning bargi 100 yil to`kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat:

1. BARGNING BANDI (Chereshok)

2. BARGNING PLASTINKASI

Go`za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog`i, 3-barg bandi.

Ba`zi o`simliklarning bargi bandsiz bo`ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko`knorining bargi. Ba`zi o`simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G`alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o`simliklar.

Lolaning bandsiz bargi Terakning to`rsimon tomirli bargi Bug`doyning parallel tomirli bargi

Barg bandli ham bo`ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Ba`zi o`simliklarning bargining tagida qo`shimcha bargi ham bo`ladi. (prilistnik) Masalan: no`xat, g`o`za barglari tagida.

Agar barg plastinkasi 1 ta bo`lsa oddiy barg deyiladi.

Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo`lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o`rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo`lsa, bo`lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g`o`za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo`lsa, ammo o`rta tomirigacha yetmagan bo`lsa, kesik barg (razdelniy list) deyiladi. Mas:qoqio`t,jag`-jag`.

Agar barg plastinkasi o`rta tomirigacha qirqilgan bo`lsa, ajralganbarg (rassechyonniy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.

Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokrayniy)yoki tishsimon (zubchatiy) arrasimon (pilchatiy) yoki o`yiqsimon (gorodchatiy) bo`lishi mumkin.

Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo`lishi mumkin.

Turli shakldagi barglar:

1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o`qsimon.

O`rikning bargi(oddiy barg).

Barg plastinkasi har xil kattalikda bo`ladi. Mas: Gruziyada o`suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo`ladi. Odam bemalol ko`rpa qilib ustiga yopsa bo`ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o`rnashadi. Ba`zi o`simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralniy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinniy) o`rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o`simliklar, yalpiz, shalfey. Ba`zi o`simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatiy)joylashgan. Sambitgul o`simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo`lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o`zlarining bandchalari bilan joylashgan bo`lsa, murakkab barg (slojniy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo`ladi:

1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojniy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi.

2. Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojniy list) Mas: na`matak, yong`oq, akatsiya bargi kiradi.

3. Juft patli murakkab barg(parnoperistoslojniy list) Mas: no`xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.

4. Panjasimon murakkab barg (palchatoslojniy list) Mas: nasha, kashtanning bargi

Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo`ladi. Bir pallali o`simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo`ladi. (parallelonervniy, dugonerviy) Moy landishining bargi yoysimon: bug`doy,jo`xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo`ladi. Ikki pallali o`simliklarning bargi to`rsimon tomirlangan bo`ladi (setchatonervniy).

To`rsimon tomirlanish 3 xil bo`ladi:

1. PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervniy)

2. BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervniy) tomirlanish

3. YULDUZSIMON ( zvyozdchatonervniy)tomirlanish

Odiiy barglar barg yaprog`ining shakliga qarab: dumalok, ovalsimon, tuxumsimon, uzunchoq, nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg qirrasining tuzilishiga ko`ra: tekis qirrali, tishsimon, arrasimon bo`ladi. Murakkab barglarda o`zining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon (akatsiya, no`xot) 3. Tok patsimon (yongoqda) 4. Juft patsimon (yasmiq, no`xotak)

Bargni tomirlanishi. Bargdagi o`tkazuvchi bog`lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil bo`ladi.

Ular quyidagi turlarga bo`linadi.

1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o`simliklarda)

2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda)

3. To`rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda)

4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otquloqda)

5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug`liklarda)

Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo`ladi. Bunday tomirlanish yuksak sporali o`simliklar, mox, plaun, ochiq urug`lilar (igna barglilar) va yopiq urug`liklardan elodiya o`simligida uchraydi.

Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim o`simliklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keyin tushib kyetadi. Ayrim o`simliklarda 1,5-5 yil hatto 12-15 yildan keyin tushadi. Bunday o`simliklar doimiy yashil o`simliklar deb nomlanadi. Ularda barglar almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom yetadi. (Masalan qarag`ayda, emanda 1-3 yil, lavr daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho`lida o`sadi) 100 yil hayot kechiradi.

Barg to`kilishi yoki xazonrezgilik me`yoriy biologik jarayon hisoblanadi. Кuzga kelib o`simlikni suv va mineral moddalarni qabul qilishi qiyinlashib qoladi natijada organik moddalarni sintezi sekinlashadi. Кuzda barglar dastlab sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill pigmentlarining hayotchanligini susayishi asosida amalga oshadi. To`kilgan barglar tuproqda mineral moddalar tarkibini oshishiga, ildizni sovuq urishidan saqlashga, urug`larni himoya qilishga xizmat qiladi.

Bargning shakl o`zgarishi - metamarfozi. Evolyutsiya jaryonida ko`p-chilik yuksak o`simliklar vegetativ organlarida bo`lgani singari barg ham o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradigan bo`lgan.

Barg metomorfoziga tikanaklar, mo`ylovlar, zahira oziq modda to`plovchi barglar, tangacha barglar va hashoratxo`r o`simlik barglari misol bo`ladi.

Кo`pchilik hashoratxo`r o`simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Кaktus, astragal, qushqo`nmas o`simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. Mosh, no`xot, qovoq, yovvoyi no`xot o`simliklarida barg plastinkasi o`ziga xos mo`ylovlar hosil qiladi. Oq akatsiyada kovil, qarag`ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo`r o`simliklarda bezli to`qimalar bo`lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hashoratlarni jalb qilish va parchalash xususiyatiga ega. Hashoratxo`r o`simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo`lib, ular rossiyankalilar, puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin