4-rasm. Shakllangan bargda turli qismlarining farqlanishi.
1-yaproqning umumiy o’lchami
2-bandning uzunligi
3-band
4-yonbarg
5-o’zak qismi
6-uchki qism
7-barg cheti
8-asosiy tomir
9-mayda tomirlar
10-yaproq qismi
5-rasm.
1. Epidermis. 2. Kollenxema hujayralari. 3. Ustunsimon assimilyasion to‘qima. 4. Bulutsimon assimilyasion to‘qima.5. Asosiy parenxema hujayralari. 6. Elaksimon naylar. 7. Floema qavatini qoplab turuvchi hujayra. 8. O‘tkazuvchi hujayralar. 9. Ajratuvchi hujayra. 10. Ustistsa (barg og‘izchasi). 11. Bezcha.
Barg metamorfozi. Qurg’oqchilik yerlarida o’sim-liklar suvni kam bug’latish uchun ko’pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o’simlik-larida barglar mutlaqo tikanga aylangan. (15-rasm). Ayrim o’simliklarda barg plastinkasining chetlari mayda tikanlarga aylanadi. Masalan, qushqo’nmas, govtikanda. Akatsiya, kovul o’simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylangan.
Ba’zi bir o’simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Gorox, no’xatak, burchoq, yasmiq o’simliklari murakkab barglarining oxirgi bargchasi shaklini o’zgartirib jingalakka aylangan. Suvda yoki botqoqda o’sadigan o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib hazm kilishga moslashgan. Botqoq rosyankasi, pashshaxo’r venerina, muxolovka barglari hasharot qo’nishi bilan tukchalari ta’sirlanadi va ular yopilib hasharotlarni ushlab qoladi (16-rasm,2,3).
Braziliyada o’sadigan nepensis o’simligida esa barg bandining bir qismi ko’zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo’lib, hasharotlar shu ko’zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo’ladi.
Barg ontoginezi. Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari fazalardaa o’tkazadi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga yetgan barg shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanii boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi va keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi.
Boshlang’ich barg ancha erta ostki va uchki qismlarga ajratiladi. Lekin ularning keyingi taraqqiyoti notekis davom etadi. Ostki qism barg asosini, uchki qismi esa barg yaprog’ini va bandini hosil qiladi. Ikki pallalilarda dastlab hosil bo’lgan barg boshlang’ich bargning o’rta tomiri joylashdigan o’rniga aylanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |