Barg xilma – xilligi va ularning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#41165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi

9-rasm. Barg shakllari

Turini o`zgartirgan burglar: ba`zi o`simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo`shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi. Ba`zi bir o`simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saq-laydi. Makkajo`xorining so`tasini o`rab olgan barglar ham jo`-xori donini quyosh ta`sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.



Ba`zi o`simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo`ladi. Mas: qushqo`nmas, qo`ytikan deb atalgan o`simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo`ladi. Kak-tus va Barbaris o`simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o`simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o`simliklarning barglarida suv zapaslari to`planadi. Ba`zi bir o`simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o`simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o`sadi: Mosh, loviya, no`xat. Avstraliyada o`suvchi Avstraliya akatsiyasining bargining bandi yaxshi taraqqiy etib,barg plastinkasiga aylangan bo`ladi. Bunday barglarni 2 Fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan barg bandida fotosintez protsessi bo`ladi. Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi fotosintez protsessiga bo`lgan talabdan deyiladi. Ba`zi bir o`simliklarda oqsil modda yetishmaganligi sababli barg xashorat tutadigan qopqonga aylanadi. Bunday o`simliklarga: Rosyanka, Muxolovka, Puzirchatka, Kuvshinkalar kiradi. Gul kosachasi, otalik va onaliklari qiyofasini o`zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Ba`zi bir o`simliklarning barglari yordamida vegetativ uchraydi. Mas:Begoniya va fikus. Ba`zi bir o`simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi. Mas: suv qirqqulog`i-Salviniya Salvinia natans. Bu o`simliklarda 2 xil barg:suvning yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini bajaradi. Barg juda ham o`zgaruvchan organ. Bargning o`zgarishi o`simlikning yashash sharoitiga bog`liq. Ba`zan bir tup o`simlikning o`zida ham xar xil barglar uchraydi. O`simlikning pastki, o`rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o`rta barglar o`simliklar uchun tipik barg bo`lib xisoblanadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin