Barg xilma – xilligi va ularning ahamiyati


-rasm. Ustitsaning harakatlanishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə11/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#41165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi

9-rasm. Ustitsaning harakatlanishi.

  1. ustitsaning qamrovchi hujayrasi

  2. qamrovchi hujayraning turgor holati

V-ustitsa teshigining yopiq holati

1-yondosh hujayralar,2-qamrovchi hujayralarning yupqa pardasi, 3-qamrovchi hujayraning qalin pardasi.

Agar nam havoni o’rab olgan atmosferadan ajratadigan to’siqchadagi teshiklar soni tobora ko’paysa, ularning oralari tobora qisqarsa, u holda diffuziyaning tezligi ham tobora sekinlashadi. Bunga sabab shuki, teshikchalardan har tomonga tarqalayotgan diffuziya oqimlari bir-biri bilan to’qnasha boshlaydi va diffuziyalanadigan bo’lakchalarning tarqalishini sekinlashtiradi.

Labchalar transpiratsiyasini boshqaradigan qonunlarga qaytib, juda mayda va juda ko’p (o’rta hisobda har kvadrat millimetrga 50dan 500gacha) labcha teshikchalari bargning hujayra oraliqlaridan suv bug’larining diffuziyalanishga favqulodda yaxshi sharoit tug’diradi. Labcha teshikchalari sathlarining umumiy yig’indisi barg sathining 1-2% nigina tashkil qilsa ham, labchalar orqali o’tadigan diffuziya atrofdagi havoning kirishi uchun bargning ichki bo’shliqlari tamomila ochiq bo’lgandagidek tezlik bilan o’tishi mumkin. Haqiqatan ham, barg sathida bo’ladigan transpiratsiya miqdori bilan ochiq suv sathidan bug’lanadigan suv miqdorini solishtirib aniqlash natijasi labchalar keng ochilganda bu miqdorlar deyarli teng bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Suvni ayniqsa ko’p bug’lantiradigan ba’zi o’simliklarning nisbiy transpiratsiyasi 0,8-0,9 ga etadi, sharoit qulay bo’lganda esa o’rtacha hisobda 0,4-0,5 ga baravar bo’ladi. Transpiratsiya teshikchalar sathiga mutanosib bo’lganida nisbiy transpiratsiya 0,01-0,02 dan oshmas edi. Bundan har bir labcha teshikchasi orqali suv bug’larining diffuziyalanish tezligi ayrim holda juda katta bo’lishini ko’ramiz.



Fotoaktiv reaktsiya. Bu reaktsiya og’izchalarning ochilishi va yopilishi mezofill va og’izchani qamrab turuvchi hujayralarda yuz beradigan bioximiyaviy o’zgarishlariga bog’liq. Jumladan, qorong’ilikdan yorug’likka o’tganda, to’qimaning mezofill hujayralarida fotosintez jarayoni boshlanishi bilan shakar kraxmalga aylanadi. Qamrab turuvchi hujayralarda esa, to’plangan va hosil bo’lgan kraxmal shakargacha parchalanadi. Natijada bu hujayralarning osmotik bosim kuchi ortadi. Osmotik potentsiali ortgan qamrab turuvchi hujayralar mezofill epidermis hujayralaridagi suvni shimib olib bo’kadi va og’izcha ochiladi.

Gidroaktiv reaktsiya. Barg to’qimalaridagi suvning tez bug’lanib ketishi natijasida (kun o’rtalarida) barg og’izchasini qamrab turuvchi hujayralar suvsizlanib qolishidan og’izchalar yopiladi. Transpiratsiya jadalligi sekinlashgach, fotoaktiv reaktsiya gidroaktiv reaktsiyadan ustun bo’lib qolishidan barg og’izchalari qaytadan ochiladi.

Gidropassiv reaktsiya. Yomg’ir yog’ishi va havo namligining ko’p bo’lishi tufayli, barg to’qimasi suvni ko’p shimib olishidan epidermis hujayralari bo’kib qoladi. Natijada barg og’izchasini qamrab turuvchi hujayralar siqilib, og’izcha passiv holda yopiladi.

Vaqt o’tishi bilan epidermis hujayralaridagi suv bug’lanib, barg og’izchasi (passiv holda) ochiladi.

S.A.Kibrik (1973) fikricha, og’izchalarning ochilib-yopilishi ATF molekulalarining sintezlanishiga bog’liq. Hujayralar tarkibida ATF ko’p bo’lsa, uning energiyasi hisobiga osmotik aktiv birikmalar hujayraga o’tadi. Natijada hujayrada osmotik aktiv moddalar miqdori ortib, og’izcha ochiladi. Qamrab turuvchi hujayralardan osmotik aktiv birikma ATF energiyasi hisobiga chiqarilsa, hujayraning osmotik potentsiali kamayadi va og’izcha yopiladi.

Barg og’izchalarida suvga ehtiyoj haddan tashqari ko’paysa, abstsiz kislota to’planib, membranalarning o’tkazuvchanligi ortadi. Natijada kaliy elementi kamayishi tufayli qamrab turuvchi hujayralarning osmotik potentsiali kamayadi, oqibatda og’izchalar yopiladi.

Barg og’izchalarining ochilish darajasini quyidagi usullardan foydalanib aniqlash mumkin.

F.Lloyd usuli. Bu usulda o’sib turgan o’simlikning barg epidermisi shilib olinib, absolyut spirtga solib qo’yiladi.

G.X.Molotovskiy usuli. Barg yuzasini va barg og’izchalarini fotoplyonkaga rasmga olish.

Molish usuli. Molishning infiltratsiya usuli bo’yicha barg og’izchalari orqali spirt, benzol va ksilol molekulalarining o’tib ketish darajasi hisobga olinadi.

Frensis Darvin usuli. Bu usulda F.Darvin ishlab chikqan parometr asbobi qo’llaniladi.

Tekshirishlariga asoslanib, bulutsiz o’rta darajada quruq va issiq kunlarda barg og’izchalari soat 9-12gacha to’la ochiq, soat 13-15 ga borib yopila boshlaydi, quyosh botishidan oldin to’liq yopiladi. Og’izchalarning kecha-kunduz ochiq turishi yoki qisqa muddatga ochilishi o’simlik turiga qarab har xil bo’lishi mumkin.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin