Barg xilma – xilligi va ularning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#41165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi

III. Xulosa

Barglar yashil olamning asosiy qismi bo’lib u o’simliklarning muhim organi hisoblanadi. Hayotning ayrim omillarini qayta tiklovchi tizimdir. Olimlarning hisoblashlaricha Yer sharidagi barcha yashil o`simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o`zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.

Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo`ladi 1. dorzoventral, 2. izoloterial, 3. radial Barg asosan ikki qismdan iborat. Barg yaprog’i va barg bandidan. Ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo’ladi.

O`simliklarda morfologik tuzilishga ko`ra oddiy va murakkab barglar hosil bo`ladi. Oddiy barg deb faqat bitta barg plastinkasi bo`lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo`lsa murakkab barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so`ngra bandi to`kiladi.

Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo`ladi. Bir pallali o`simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo`ladi. (parallelonervniy, dugonerviy) Moy landishining bargi yoysimon: bug`doy,jo`xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo`ladi. Ikki pallali o`simliklarning bargi to`rsimon tomirlangan bo`ladi (setchatonervniy).

Barg og‘izchasi - o‘simliklar bargidagi tashqi muhit bilan aloqa bog‘laydigan tirqishsimon yoriqcha (bunday yoriqchalar o‘simliklarning boshqa yer ustki organlari epidermisida ham mavjud). Barg ogʻizchasi barg sathining juda oz o. fotosintez ro‘y berishi va hujayraga karbonat angidridning o‘tishini ta’minlash uchun ochiladi va havo haddan tashqari quruq bo‘lganda suv bug‘lanishining oldini olish uchun yumiladi.

Ba`zi o`simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo`shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi. Ba`zi bir o`simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saq-laydi. Makkajo`xorining so`tasini o`rab olgan barglar ham jo`-xori donini quyosh ta`sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.

Ba`zi o`simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo`ladi. Mas: qushqo`nmas, qo`ytikan deb atalgan o`simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo`ladi. Kak-tus va Barbaris o`simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o`simliklarni himoya qiladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin