9.Ekskursiyada namoyish usullaridan foydalanish.
Ekskursiya jarayonida obyektlarni ko‘rsatish ko‘rgazmalilik tamoyilini amalga oshirish jarayoni bo‘lib, unda gid yordamida bir yoki bir nechta obyektlar bilan tanishib chiqiladi va obyektning mohiyati yoritiladi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlar, obyektlarni ko‘rishni,kuzatishni o‘rganadilar, bu obyektlarni ko‘rsatishning asosiy vazifasidir. Ekskursiya xizmatida obyektlarni ko‘rsatishning vazifasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-ekskursantlar qarshisidagi obyektlarni ko‘rsatish;
-saqlanmagan obyektlarni ko‘rsatish;
-mazkur joyda bo‘lib o‘tgan voqealarni ko‘rsatish;
-tarixiy shaxslarning (yozuvchi, rassom, harbiy)hayot faoliyatini ko‘rsatish;
-tasvirlanayotgan voqea davrida obyekt qanday bo‘lganini ko‘rsatish;
-Ekskursiya xizmati obyektlari jarayoni samarali bo‘lishi uchun ma’lum shart-sharoitlarni talab qiladi: to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish nuqtasi, to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish vaqti, mavzudan yiroq obyektlardan diqqatni chalg‘itish imkoniyatning mavjudligi, ekskursantlar harakatini to‘g‘ri yo‘naltirish, gidning bilim va ko‘nikmasi, ekskursantlarning obyektlarni kuzatishga tayyorligi. Obyektlarni ko‘rsatish ekskursiya xizmatining asosiy elementi sifatida o‘zining bir necha xususiyatiga ega: Obyektlarning ko‘rsatishni faolligi, Obyektlarning ko‘rsatishning mantiqiy ketma ketligi.
Ekskursiya xizmatida obyektlarni ko‘rsatish usullariga obektlar kuzatuvini tashkillashtiruvchi va obektni atrof muhitdan, bir butunlikdan ajratish imkonini beruvchi usullar kiradi. Ko‘rsatish usullarining vazifasi-obektlarning tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlarni ko‘z ilg‘aydigan qilib, zaruriy rakursda ularni ko‘rsatishdir. Ekskursiya xizmati amaliyotida obektlarni ko‘rsatishning quyidagi usullari mavjud:-oldindan ko‘rib chiqish usuli;
-panoramali ko‘rsatish usuli;
-ko‘rish orqali rekonstruksiyalash;
-voqealarni jonlantirish usuli;
-ko‘rganlarni taqqoslash usuli;
-memorial taxtani ko‘rsatish usuli;
Dostları ilə paylaş: |