Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Nutqdan tashqari muloqot vositalari



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə14/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

12.Nutqdan tashqari muloqot vositalari.

Nutq-inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, boshqa psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson fikrlash faoliyati-nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Nutq o‘z navbatida tashqi, ichki, og‘zaki, yozma dialog va monolog ko‘rinishlarida bo‘ladi. Nutq o‘zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.


Muloqot-bu odamlar o‘rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo‘lgan ta’siri paydo bo‘ladi. Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj tug‘iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy va nazariy faoliyatlarni uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar ham muloqot tufayli sodir bo‘ladi. Shuningdek , muloqot shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo‘llashda yordam beradi.
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. “Muloqot” tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Muloqot-odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni.
Muloqot maqsadi-bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.
Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin