Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə2/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

Ekskursiya (lotincha:-sayr qilish)-bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning go‘zal go‘shalari, muzeylar, korxonalar va h.k.)ga jamoa bo‘lib borish. Ekskursiya turizm bilan birga amalga oshiriladi.
Hozirgi davrda turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari mavjud: ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar.
O‘zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo‘nalish (Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Toshkent;Toshkent-Samarkand-Buxoro-Shahrisabz-Toshkent). Bu yo‘nalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog‘liq bo‘lib, ekologik turizm yo‘nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo‘riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonalar), bu yo‘nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog‘liq. Arxeologik turizm yo‘nalishi (Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Samarkand hududdari bo‘ylab)da O‘zbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo‘yadi. Ekstremal turizm yo‘nalishi (Chimyon, Farg‘ona vodiysi, Orol bo‘yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo‘ylab) va diniy turizm yo‘nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro)-mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog‘liq.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o‘rta turistik korxonalarning xizmat ko‘rsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda “Kumushkon” turistik bazasi va “Sanzar” kemping majmuasi mavjud bo‘lib, ular “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi.

Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin