Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Ma’lumotlar to‘plamini yaratish



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə17/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

15. Ma’lumotlar to‘plamini yaratish.

Ma’lumotnoma-axborotlarni tanishtiruvchi xususiyatga ega, obyektlarning barqarorlik belgilarini tavsiflaydi va ma’lumotnomalar tizimli shaklda namoyon boladi. Ushbu tizimlar turizm sohasida keng qo‘llaniladi, masalan, intenetda joylashtirilgan veb-saytlar, offlayn rejimda ishlaydigan turistik mobil ilovalar. Turizmda bunday tizimlarni qollashdan asosiy maqsad-bu turizm industriyasidagi barcha tashkilotlarni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ma’lumotnomalari tizimini yaratish murakkab masalalardan biri hisoblanadi, masalan, bunda turagentlar, turoperatorlar, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, sog‘lomlashtirish sanatoriyalari, restoranlar, oshxonalar, choyxonalar, aviakompaniyalar, taksi xizmati, avtobuslar harakati, ta’lim dargohlari kabi axborotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasini yaratish talab etiladi va ushbu bazani doimiy yangilab turilishini ta’minlash zarur bo‘ladi.


Ma’lumotlar bazasini loyihalashning asosiy maqsadi-uning mantiqiy tuzilishini belgilashdan iboratdir. Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsif ma’lumotlar bazasiga yuklash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi obyekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar bazasini yaratishda uni loyihalashdan boshlamoq shart bo‘ladi. Loyihalash natijasida bazaning tuzilishi, ya’ni jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorliklari aniqlanadi. Jadvalning tuzilishi ustunlar tarkibi, ularning ketma-ketligi, har bir ustun ma’lumotlarining turi va olchami, shuningdek, jadval kaliti bilan aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini loyihalashda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin.
Birinchi yondashuvda dastlab baza yaratishdan maqsad, ular yordamida qanday masala yechilishi hamda ko‘rilayotgan masalalarning ushbu ma’lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o‘rganiladi, undagi ma’lumotlar tahlil qilinadi va o‘rganiladigan predmet sohasining bir xil obyektlari aniqlanadi. Predmet sohasining tadqiqot qilish jarayoni quyidagi sxemada keltirilgan: Predmet sohasini kuzatish, obyektlarni aniqlash, jarayonlarni formallashtirish.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin