Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Toshkent shahridagi muzeylar dislokasiyasini o‘rganish



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə20/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

18.Toshkent shahridagi muzeylar dislokasiyasini o‘rganish.


Muzey-tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Zamonaviy muzeylarning ko‘plariga tadqiqot va taʼlim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos.
Muzeyning o‘ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari-ekspozitsiya, ko‘rgazmalardir. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo‘yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra ilmiy tadqiqot-maʼrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o‘ziga xos laboratoriya vazifasini o‘tovchi) va o‘quv muzeyiga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha tarix, qishloq xo‘jaligi, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo‘linadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua o‘lkashunoslik kabi turlari bor. Muzey katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to‘plamlarni butlaydi va o‘rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo‘l-ko‘rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo bo‘lish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi.
Muzeyning o‘tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo‘jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan.
O‘zbekistonda muzey 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-asr boshida O‘zbekistonda faqat 3ta muzey-Toshkent o‘lkashunoslik muzeyi (1876, hozirda O‘zbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi, Farg‘ona xalq muzeyi bor edi. Hozir O‘zbekistondagi yirik muzeylar: O‘zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston sanʼat muzeyi (1918), Akmal Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, O‘zbekiston tabiat muzeyi (1876) va boshqalar. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida o‘lkashunoslik muzeyi, jahon ahamiyatiga molik memorial muzey bor.
Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamyatga ega hisoblanadi. O‘zbekistonda muzeylarni yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning o‘zida juda ko‘plab yangi muzeylar tashkil etildi. Masalan buyuk o‘zbek shoirlaridan biri Boborahim Mashrabning muzeyi Namanganda tashkil etildi, yana Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi, Urganch shahrida “Xorazm amaliy san’ati va tarixi” muzeyi, Buxoroda “Temirchlik muzeyi”, Samarqand viloyatida xalq kuychisi (baxshisi) Islom shoir Nazar o‘glining uy muzeyi tashkil etildi.
Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar o‘z ishlarini yo‘lga qo‘ydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan O‘zbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol Xadicha Sulaymonova muzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turg‘unboyeva muzeyi, mashxur cho‘pon, mehnat qahramoni Jonboy Bashmanov muzeyi Navoiyning Tomdi tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston gidrometerologiya muzeyi, Salim Hamidovning uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi. Eʼtiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochilishi bo‘ldi, bu muzey O‘zbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida ko‘plab ma’lumotlar beradi. O‘zbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar ro‘yxatiga olingan: Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qo‘qon va boshqalar. Ayniqsa Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib, har yili juda ko‘p xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin