Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish Reja


Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə16/17
tarix24.10.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#66022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
BASKETBOL kurs

Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish. Sakrab savatga to’p otishga samarali qarshi harakat eng qiyin vazifa hisoblanib, himoyachidan butun kuchni safarbar qilishini, mahoratini va e’tiborini talab qiladi. To’p barmoq uchlaridan chiqqanda va hujumchi tomonidan nazorat qilinmayotgan payt, to’pni halqa tomon uchish yo’nalishidan qaytarish uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.
O’zining shchiti oldida (yoki ostida) sapchigan to’p uchun kurashda to’pni egallash. Hujumchi savatga to’p otganidan keyin himoyachi shchit tomonga raqib o’tishi mumkin bo’lgan yo’lni to’sishi, mustahkam holatni egallashi, so’ng esa sapchigan to’pni tez va o’z vaqtida egallash uchun sakrab, kurashish kerak. Sakrash ozgina yugurishdan keyin yoki joyida turib, ikki oyoq bilan bo’lganidek, bir oyoq bilan depsinib bajariladi. Baland sakrab va to’pni egallab, o’yinchi yerga tushayotganda, to’p yoki shchitga taalluqli bo’lgan qulay holatni raqibning egallashiga halaqit berish uchun kuchli kurashda oyoqlarni keng qo’yadi va gavdasini bukadi.
Fintlar va usullarning birga qo’shilishi. Basketbolning hozirgi zamon texnikasi analizi, odatda, ba’zi usullarni o’rganishga asoslanadi. Biroq musobaqalar amaliyotida hamma bu usullardan alohida ko’rinishda deyarli kam foydalaniladi. Aniq bir o’yin holatida qiyin taktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ko’proq ulardan bir usulning ikkinchi usul bilan yoki fint bilan birin-ketin qoyilishi kompleksi qo’llaniladi.
Keskin yugurish finti – keskin yugurish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-chapga chiqarib qo’yadi, gavdasini chapga bir oz egadi va himoyachiga uni chap tomonga aylanib o’tishga tayyorlanayotganini ko’rsatgan holda xuddi o’sha tomonga qarashini (nigohini) o’tkazadi. Agar himoyachi fintga javob qaytarsa, u holda gavdani egish bilan himoyachi yonidan o’ng oyog’i bilan shiddatli qadam qoyish kerak.
O’tish uchun finti – o’tish. O’tishga imitatsiya qilib o’yinchi oldinga – chapga qadam qo’yadi, xuddi o’sha yo’nalishida qo’llar to’p bilan buriladi. Himoyachi fintga javob qaytarganda, o’yinchi darhol zarb bilan tepinib itariladi (turtiladi) va chap oyog’i qadami bilan himoyachi yonidan to’p bilan o’ng tomonga o’tib ketadi. 

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin