Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish Reja


To’pni egallash va unga qarshi harakatlar texnikasi



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə14/17
tarix24.10.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#66022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
BASKETBOL kurs

1.9. To’pni egallash va unga qarshi harakatlar texnikasi
To’pni tortib olish. Agar himoyachi to’pni ushlab olishga erishsa, unga eng avvalo uni raqibning qo’lidan tortib olishga harakat qilish kerak. Buning uchun iloji boricha ikki qo’l bilan to’pni chuqurroq (kattaroq) ushlashi lozim, so’ng bir vaqtning o’zida gavda bilan burilib, keskin o’ziga siltab tortish kerak. To’pni raqibning qarshiligini yengishi yengillashtiradigan gorizontal o’qi atrofida aylantirish kerak.
To’pni urib chiqarish. Hozirgi vaqtda to’pni urib chiqarish himoya usullarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida bir vaqtning o’zida himoyachi qo’lining to’p bilan – hujumchining qo’li bilan to’qnashish (tegishi)ga yo’l qo’yadigan o’yin qoidalarining ayrim punktlarining yangi izohlanishi sababli ancha o’sdi. 
To’pni raqib qo’llaridan urib chiqarish. Himoyachi hujumchining to’p bilan harakatlariga faol to’sqinlik qilib, unga yaqinlashadi. Buning uchun u to’p tomonga chiqarilgan qo’l bilan chuqur bo’lmagan qarshi harakat bajaradi, so’ng dastlabki holatga qaytadi. Qulay paytda urib chiqarish qattiq kesilgan barmoqlar va panjaning keskin qisqa harakati bilan (yuqoridan yoki pastdan) amalga oshiriladi. To’pni ilib olish paytida va ko’pincha pastdan urib chiqarishga tavsiya qilinadi. Ayniqsa, to’pni yuqori balandlikda (sakrashda) tutib olgan va kerakli ehtiyot choralarini ko’rmagan yerga tushayotgan raqibning qo’llaridan pastdan urib chiqarish samaraliroqdir. Agar himoyachi raqibning chalg’ituvchi harakatiga javob qaytarishga majbur bo’lgan bo’lsa va yuqoriga sakragan bo’lsa, unda yerga tushish paytida u to’pni urib chiqarish va shu bilan savatga otishga yoki o’tishga yo’l qo’ymasligi kerak.
To’pni olib yugurgan paytida urib chiqarish. Hujumchining to’p olib yurish bilan o’tishning boshlanish paytida himoyachi raqibga savatga tomon to’g’ridan yo’l qoldirib orqaga bir oz chekinadi yoki yengil sakraydi va uni ta’qib qilib, yon chiziqqa qisadi, so’ng himoyachi hujumchidagidek tezlik olib va olib yurish maromini aniqlab, maydondan sakragan to’pni qabul qilish paytida raqibga yaqinroq qo’li bilan to’pni urib chiqaradi. To’pni hujumchidan o’tishning boshlang’ich davrida oraqadan ham urib chiqarish mumkin.

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin