Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.
3-MAVZU: Jamiyat yaxlit tizim sifatida. 1.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.
2.Jamiyat va davlat sotsiologiyasi.
3.Zamonaviy jamiyat turlari.
. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi bu ijtimoiy tizimlar va ularning elementlari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar turini tashkil qiladi. Ijtimoiy munosabatlar mafkurasini ifodalaydi hamda turli ijtimoiy guruhlar, mehnat taqsimoti, ijtimoiy institutlar xarakterini aks ettiradi.
Jamiyat, uning tizimlari o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, ularning asosiy komponenti inson hisoblanadi. Kishilar ijtimoiy hayotining turli sohalarida – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, oila turmushda faoliyat ko‘rsatadilar. Ularning asosida esa ijtimoiy tarkiblar tuziladi. Ijtimoiy tizimlarning murakkabligi, tarkibidagi elementlarning soni ko‘pligi bilan emas, balki, asosan, bu elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi.
Har qanday ijtimoiy jarayonlar inson faoliyati bilan bog‘liq muayyan ijtimoiy birlik sifatida uyushgan kishilarning katta-katta guruhlari: (sinflar, millatlar, milliy-etnik, ijtimoiy-demografik; nisbatan kichik tizimlar: o‘quv-tarbiyaviy, oila-turmush va boshqa guruhlar; ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, ittifoqlar) – jamiyatning ijtimoiy tarkibini tashkil qiladi. Ular tarixiy rivojlanish bosqichlarida turli ijtimoiy asoslarda shakllanadilar. Yashash sharoitiga, rivojlanish xususiyatlariga, ijtimoiy ehtiyojga, manfaatlarga va muayyan maqsadga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tizimlar zanjirida turli o‘ziga xos halqaga ega bo‘ladilar. Ichki tashkiliy tuzilishi, xarakteri, funksional va rivojlanish darajasi, turmush tarzi, faoliyat shakli va usullari bilan qadriyatlar tizimi, norma, g‘oyalari, qarashlari va boshqa jihatlari bilan farq qiladilar.
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo‘lakchalarinig o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotining salbiy oqibatlariga olib keladi.
Sotsiologiya tarixda jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim kishilarning birligiga emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot bo‘lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanish va funksional qonuniyatlari, harakatlantiruvchi kuchlarini o‘rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy hulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Avvalo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai-nazardan quyidagicha o‘rganamiz:
1) Jamiyatning tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi (ya’ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi);
2) Jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning hatti-harakatlari nimalardan iborat (ya’ni, ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko‘riladi). Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o‘sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta’kidlashimiz kerak.
Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning hatti-harakatlarini qanday kuchlar boshqarib turishligi –kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi.
3) Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Taraqqiyotning misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi o‘zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishitirib yubormoqda. Kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodning yashash tarziga mos kelmaydi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o‘tmishini, ya’ni tarixini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatning qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilish jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.