Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.
5-MAVZU: Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor. (2 soat) Reja: 1. Shaxs sotsilogiyasi.
2. Deviant-xulq atvor sotsiologiyasi.
3.Sotsial nazorat.
Shaxs sotsiologiyasi. Shaxsning jamiyatdagi o‘rni va mohiyati sotsiologiya fanining muhim va baxstalab sohalaridan biri bo‘lib keldi. Inson mohiyatini dastlab o‘rgangan olimlar Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. Insonning muhim hususiyatlaridan biri uning ijtimoiy mavjudod ekanligidir. Inson o‘zining extiyojlarini qondirish maqsadlarida o‘zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o‘rtasidagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan xoli bo‘lsa, undagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatidan xalos bo‘la olmaydi.
Individ inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo‘ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirib borishi uchun zamin yaratadi. Zamonaviy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy munosabatlaridagi o‘rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o‘zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi-uning darajasi sekinlik bilan yuksak ta’lim tajribaga, shuningdek yuqoriy kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirish rasmiy tizimining shakllanishi, ijtimoiy boshqaruv takomillashgan tizimning yaratilishi, diniy davlat va boshqaruvdan ajratilish, ijtimoiy institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib , siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shaxs o‘zing sotsial shart-sharoitiga bog‘liq bo‘lgan va individual suratda ifodalangan suratlariga: intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odam. Shaxsni ilmiy tushinish inson mohiyatini ijtimoiy munosabatlar majmui deb ta’riflashga asoslanadi. Psixologiyada o‘ziga xos individual xarakterga intelekt, emotsional xususiyatlariga ega bo‘lgan xar bir kishi shaxsning psixologik xususiyatlariga odamning xarakteri, temperamenti, qismlarning o‘tish xossalari kiradi.
Psixik xolatlar (kechinmalar, xatti-xarakat mativlari va boshqalar) uzliksiz o‘zgarganda shaxsning psixologik tuzilishi yoki kiyofasi ma’lum darajada doimiy bo‘lib qoladi, bu esa turmush sharoitining nisbiy doimiyligi bilan individ nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Shaxs psixologik tuzilishining o‘zgarishlari, inson turmushida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning, ijtimoiy tarbiya protsessining natijasidir. Shaxs insonning ichki xislatlari va xususiyatlarining aloqador majmui bo‘lib, barcha tashqi ta’sirlar mazkur xususiyatlar orqali singib o‘tadi. Shaxsning faollik manbai-insoning xilma-xil shaxsiy va ijtimoiy extiyojlairdan iborat. Shaxsdagi sub’ektivlik (kechinmalar, ong extiyojlari) inson bilan tevarak atrofdagi vokelik o‘rtasida vujudga keladigan ob’ektiv munosabatlardan ajralmasdir. Shaxsning rivojlanish darajasi mazkur munosabatlar tarixan nechog‘lik progressiv ekanligiga bog‘liq.