Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxsning yaqinligiga ko‘ra kichik guruhlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadi. Fanga birlamchi guruh terminini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog Ch. Kuli tomonidan XX asr boshlarida kiritilgan.
Birlamchi guruh termini yaqinlik yaxshi ko‘rishlik, bevosita aloqa tushunchalariga sinonim sifatida ishlatiladi. Shunga bog‘liq ravishda, birlamchi guruhlarda muhit samimiy bo‘ladi va a’zolarining sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Mana shu xususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi.
Birlamchi guruhlarning harakterli belgilari quyidagilardan iborat: a’zolar sonining kamligi , guruh a’zolarining yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar, yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a’zo bo‘lishning erkinligi va a’zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat.
Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan xar qanday turdagi guruhlarga aytiladi. Ularda moddiy aloqalar muxim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman ikkilamchi guruhlar-bu katta guruhlardir. Ba’zan birlamchi guruhlar bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy gurularni kiritish mumkin.
Referent va a’zolik guruhlar. Kichik guruhlarning o‘rganishning jihatlaridan biri bo‘lib, “Referent guruh” deb atladigan guruhlarni tahlil xisoblanadii. “Referent guruh” termini amerikalik sotsial-psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan. “Referent guruh” termini (inglizcha so‘z, “mansub bo‘lish” degan ma’noni anglatadi) individ ongli ravishda; kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi.
Kvaziguruhlar- bu tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruhlar. Bularga olamon, xaloyiq (publika), auditoriya, fan klublari va boshqalarni kiritish mumkin.Olomon ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: favqulodda olomon, shartli olomon, ekspressiv olomon.
Inguruhlar-bu guruh yoki sotsial kategoriya bo`lib, bunday guruhda individ guruhga a`zoligini xis etadi.Bunday guruhlar uyushgan guruhlar bo`lib, individ guruhda “biz ” tushunchasini xis etadi.
Autguruhlar- bu guruh yoki sotsial kategoriya bo`lib, bunday guruhda individ guruhga a`zoligini xis etmaydi.Bunday guruhlar uyushmagan guruhlar bo`lib, individ guruhda “biz ” tushunchasini xis etmaydi, o`zini bu guruhga begonaday ko`radi.