Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə118/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Sotsial institutlar.
Sotsiologiyada jamiyat hayotini o‘rganishda ijtimoiy tashkilotlar, institutlar kabi tushunchalardan ham foydalaniladi.
Sotsial institut /lotincha – institutum, ruscha lug‘aviy ma’nosi - ustanovleniya/ o‘zbekcha ma’nolarda, birinchidan nizom, qoidalar yoki ularning to‘plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institut tushunchasi sotsiologiyaga huquqshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda,- ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar /merosxo‘rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari/ tushuniladi.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko‘rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko‘ra esa, sotsial institut shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o‘rnashmalarini bildiradi.
Sotsial institut, qisqacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyasiya qilinadigan faoliyatlarini anglatadi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyatdagi vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo‘lgan sotsial pozitsiya va rollar, shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli hatti-harakatlarni rag‘batlantiruvchi deviant /og‘ma/ hatti-harakatlarga qarshi qaratilgan taziyiqlar /sanktsiyalar/ tizimi tavsiflanadi.
Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va halqaro sohalariga xos bo‘lgan sotsial institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishining taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri – oila hisoblanadi. Uning faoliyati /ota-onalar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari/ huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar /maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan, din institutlari/ amal qiladi.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo‘ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lish tabiiydir.
Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin