Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə122/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Sotsial nazorat.
Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan sog‘lom oila muhitini o‘rni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa qonunni himoya qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi. Sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzish jarayonlarini ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasi edi. Bunga ko‘ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o‘rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriakyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko‘ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida E.Saterlendnin differensial, katta o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me’yor buzuvchi xulq-atvor o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me’yorlari boshqalarga o‘rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e’tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me’yor buzish sotsial baho va sanksiya qo‘llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko‘ra, (vakillari G.Bekker, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baholash nisbiy bo‘lib, buni jamiyatdagi hukmron guruhlar belgilaydi. Shafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo‘yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat – “libid” yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o‘lim instinkti -tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto‘g‘ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
1. Bo‘ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).
2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).
3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).
4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).
5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o‘rnatish).
Ijtimoiy me’yor – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining moslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.
Ijtimoiy me’yorning bir qancha turlari mavjud;
1. Huquq. Individga nisbatan ob’ektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko‘pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o‘xshatmasi yoki muqobili bo‘lmagan yagona me’yorlar majmuidir.
2. Axloq. Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o‘zini takomillashtirish va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Xuquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me’yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.
3. Urf-odatlar. Ushbu me’yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,ba’zan to‘la shakllangan ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
4. Diniy me’yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo‘lib, diniy ta’limot tavsifiga ko‘ra diniy me’yorlar ham turlicha bo‘ladi. Shuningdek, mazmuniga ko‘ra diniy me’yorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me’yorlarni o‘z ichiga oladi va shu sababli ko‘pincha yuqoridagi me’yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me’yorlar ichki ta’qiqlar bilan birga tashqi ta’qiqlar orqali ham ta’sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me’yorlar dindorlar uchun kuchli ta’sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko‘rsatmoqda.
Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo‘lib, shulardan biri ularning ham ob’ektiv ham sub’ektiv tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan tasniflashdir. Bunga ko‘ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo‘linadi;
a) tashqi muhitga yo‘naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));
b) shaxsning o‘ziga yo‘naltirilgan xulq-atvor (intravertiv ( masalan, ichkilikbozlik)).

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin