Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan


Stratifikatsion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə124/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Stratifikatsion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf.
Sotsial stratifikatsiya - sotsiologik tushuncha bo‘lib, jamiyat va lining ayrira qatlamlari tuziiishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi, yoki boshqacha aytganda jamiyatning mulk, maqom va hokimiyat munosabatlaridan kelib chiqadigan tizimi bo‘lib, u ijtimoiy rollar va vazifalarni o‘zida aks ettiradi. Sotsial stratifikasiya jamiyatdagi mehnat taqsimotida turli guruhlarning ijtimoiy differensiatsiyasidan (tabaqalanishuvi), shuningdek u yoki bu faoliyatning ahamiyatini va ijtimoiy tengsizlikni qonuniylashtiruvchi qadriyatlar va madaniy namunalar (standartlar) tizimining xususiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy stratifikatsiyaning asosiy vazifasi - turli faoliyat xillari uchun rag‘batlantiruvchi tizim yordamida ijtimoiy rollarni mos ravishda idrok etish va bajarishni taminlashdir.
Sotsial stratifikatsiyada malumot, maishiy sharoit, mashg‘ulot daromad, ruhiy, din va shu kabi belgilar asosida jamiyat «yuqori», «o‘rta» va «quyi» sinflar hamda strata (qatlam)larga bo‘linadi. Tengsizlik har qanday jamiyatda bor. Sotsial stratifikatsiya tizimida kishilarning o‘z qobiliyatlari va kuch-g‘ayratlariga muvofiq maqomlarni o‘zgartirishlari (sotsial mobillik) esa jamiyatning barqarorligini taminlaydi va sinfiy kurashni «ortiqcha» qilib qo‘yadi (Marksistik tadqiqotlar ijtimoiy sinflar nazariyasiga asoslanib kelingan).
Har bir ijtimoiy guruh, ayrim olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o‘z o‘rniga ega. Shaxs o‘zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, malumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi1.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi - ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘z mavqei bilan farq qiluvchi tomonlari majmuidan iborat. Oldingi zamonlarda ham jamiyat turli guruhlardan tashkil topgan. Masalan, qadimgi Hindistonda jamiyat quyidagi kastalarga bo‘lingan:

  1. braxmanlar (jamiyatning oliy tabaqasi)

  2. kshatriylar (harbiylar, savdogarlar va h.)

v) vayshlar ( dehqonlar,hunarmandlar va boshqa shu kabilar) g) shudralar (qora xalq - qullar)
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun ham (er.avval 4-asr) jamiyat azolarini 3 guruhga ajratgan:

  1. faylasuflar (yuqori tabaqa bo‘lib, davlatni boshqaruvchi sinf);

  2. harbiy jangchilar;

v)qullar-quyi tabaqa;
G‘arb sotsilogiyasida jamiyat ijtimoiy tarkibi sotsial stratifikasiya tushunchasi asosida o‘rganiladi. Demak stratifikasiya g‘arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifoda qiladi.
Sotsial stratifikatsiya nazariyasi marksizm sotsiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bo‘lib, jamiyatning sinflarga bo‘linishining asosiy sababi mulkiy munosabatlardagi holatni tabiiy-tarixiy qonuniyat sifatida qaraydi. Bu sinflarni ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning malumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandlik, daromadi va boshqa xususiyatlar bilan farq qiladi.
AQSHlik sotsiolog T.Parsons: «Stratifikatsiya - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga keltiruvchisi» deb, uni rivojlantirdi.
G‘arb mamlakatlari sotsiologlari jamiyatni «yuqori», «o‘rta», «quyi» sinf va qatlamlardan iborat deb talqin qilishadi. Masalan, G‘arbiy Germaniyalik sotsiolog R.Darendorf jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilar toifasiga bo‘ladi. O‘z navbatida boshqaruvchilar toifasi 2 guruhdan: a) mulkdor boshqaruvchilar va b) mulkdor bo‘lmagan boshqaruvchilar - mamuriy byurokrat menedjerlardan iborat deydi. Boshqariluvchilar toifasi ham 2 ga: yuqori - «ishchi aristokratiyasi» va quyi - malakasi past darajada bo‘lgan ishchilardan iborat bo‘lib, boshqaruvchilar va ishchi aristokratiyasining qo‘shilishidan shakllanmoqda, deb fikr bildiradi.
Xuddi shuningdek, akademik T.I.Zaslavskaya ham hozirgi Rossiya jamiyatining sotsial tarkibini ko‘rsatib bergan. Unga ko‘ra, bu tarkibiy tuzilish quyidagi ko‘rinishga ega: Yuqori, o‘rta, bazaviy va quyi.
Yuqori qatlamga asosan elita guruhlari mansub bo‘lib, ular davlat boshqaruvi, iqtisodiy sohalardagi yuqori mansablarni egallagan kishilar hisoblanadilar. O‘rta qatlamga esa, o‘rta va kichik tadbirkorlar, o‘rta korxonalar menejmentlari, katta ofitserlar tegishli hisoblanadilar. Bazaviyga esa, ziyolilarning asosiy qismi, texnik xizmatchilar, savdo va xizmat ko‘rsalish sohalari xodimlari hamda dehonlarning ko‘pchilik qismi kiradi. Quyi tabaqaga asosan keksalar, past malumotlilar, sog‘ligi unchalik yaxshi bo‘lmaganlar hamda ayrim qochoqlar kiradi.
O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o‘rganishdagi muayyan yondashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadigan bo‘limdir. Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va o‘zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin. Sotsial differensiatsiya tushunchasi birinchi bo‘lib G. Spenser tomonidan qo‘llanilgan. Uning fikricha, ijtimoiy evolyusiya bir vaqtning o‘zida differensiatsiya (bir xillikdan ko‘p xillikka o‘tish: mehnat taqsimoti, maxsus sotsial institutlar paydo bo‘lishi) va integratsiya (organlarining bir-birlariga tobora muvofiqlashib borishi, oddiydan murakkabga o‘tish, umumiy aloqadorlik takomillashuvi), ijtimoiy tartibot mukammalashuvidan iboratdir.
E.Dyurkgeym sotsiologik tizimida ham jamiyatdagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlariga etibor bergan. U differensiatsiyani aholi zichligining oshishi va shaxslararo va guruhlararo muloqatlar sur’atiga bog‘lab tushuntirgan. Odatda, differensiatsiya tushunchasi «tafovut» so‘zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu holda u rollar, statuslar (maqomlar), institut va tashkilotlarni turli mezonlar yordamida klassifikatsiya qilishga yordam beradi.
Strakturaviy funksionalizm va sistemali yondashuv tarafdorlari (Parsons, Etsoni va b.) sotsial differensiatsiya bilan sotsial sistemaning o‘z-o‘zini saqlashi shart deb qaraydilar. Bunda sotsial differensiatsiyaning yaxlit jamiyat, uning ostki tizimlari, guruhlari darajasida ko‘rinishlari qatiy farqlanadi. Ularnig fikricha, quyidagi hayotiy muhim vazifalar - muhitga moslashish, maqsadlarini qo‘ya bilish, ichki ixtiloflarni bartaraf etish (integratsiya) va hokazolar bajarilgandagina muayyan tizim mavjud bo‘la olishi mumkin. Bu vazifalar esa faqat ozmi-ko‘pmi maxsuslashgan institutlar tomonidangina bajarilishi mumkin. Demak, bunga muvofiq sotsial tizimlar ozmi-ko‘pmi differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) bo‘ladi. Sotsial differensiatsiya o‘sishi bilan faoliyatlar ham maxsuslashib boradi, shaxsiy va oilaviy aloqalar o‘z o‘rnini borgan sari odarnlar o‘rtasidagi shaxssiz narsaviy munosabatlarga bo‘shatib beradi. Bu munosabatlar ko‘proq ramziy vositalar bilan boshqariladi (masalan, iqtisodiy munosabatlar uchun bunday vositachi asosan - pul).
Sotsial integratsiya (lot. Integratio - to‘ldirilish, tiklanish; integer yaxlit, butun) sotsial differensiatsiyaga nisbatdosh tushunchadir.hozirgi zamon sotsiologiyasida tizimlar nazariyasidagi integratsiya tushunchasidan foydalaniladi. Unga ko‘ra, integratsiyada alohida differensiatsiyalashgan qismlarni bir butun qilib turuvchi aloqa va shu holatga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Integratsiya turli xil sotsial subektlar - individlar, tashkilotlar, davlatlar va hokazolar o‘rtasida ixtilofsiz munosabatlar bo‘lishini ko‘zda tutadi. Sotsial tizimlar integratsiyasining darajasi va mexanizmi to‘g‘risidagi qarashlar tarixan o‘zgarib kelgan.
Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin