Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə136/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Социология мажмуа лотин.16

Bakalavriat yo‘nalishi: barcha yo‘nalishi uchun

SOTSIOLOGIYA” FANIDAN




BAHOLASH MEZONI

Sotsiologiya” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.


“Sotsiologiya” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e`lon qilinadi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o`tkaziladi. ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash yangi (OO`MTVning 2013 yil 2 avgustdagi 278-sonli buyrug`i) reyting nizomi asosida amalga oshiriladi. “Sotsiologiya” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoatda 40-ball, oraliq nazoratda 30- ball, yakuniy nazoratda 30-ball qilib taqsimlanadi.


Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin