Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə123/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.

6-Mavzu:Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar.
Reja.
1.Sotsial struktura tushunchasi.
2.Stratifikatsion tizimlar: qullik,kasta, klan va sinf.
3.Sotsial stratifikatsiya va sotsial harakatchanlik(mobillik).


Sotsial struktura tushunchasi.
Sotsial struktura – sotsial sistemadagi elementlarning mustahkam aloqasidir.Sotsial strukturaning asosiy elementlari ma’lum mavqeni(status)egallovchi,aniqlangan funksiyalarni (rol)bajaruvchi individlardir.Bu individlar ularning mavqeiy belgilari asosida sotsial-territorial,etnik va boshqa turdagi guruh va birlashmalarga birlashadi.Sotsial struktura jamiyatni jamoa,sinflar,qatlamlarga ob’ektiv bo’linishini anglatadi.ementlarning qay biri muhimligiga qarab jamiyat strukturasi guruhiy, stratifikatsion,jamoaviy, institusional, tashkiliy va h.k. larga bo’linadi.Sotsial tarkib nuqtai nazaridan jamiyat strukturasining barcha elementlari gorizontal joylashgan,ya’ni real o‘zaro ta’sirda rasman tengdir. Lekin real o‘zaro aloqada ular teng emas. Har qanday jamiyatda turli individlar, guruhlar,sinflar,jamoalar,institutlar,tashkilotlar turlicha o‘rinni egallaydi.Sotsial tengsizlik jamiyatda ierarxik strukturaning mavjudligini belgilaydi.Bir toifa individ,guruh,sinflar,jamiyatlar boshqalarga nisbatan yuqori yoki pastda joylashadi.Tengsiz tamoyilidan kelib chiqqan holda,sotsial tarkib sotsial stratifikatsiyaga-vertikal ierarxik tarzda joylashgan sotsial shakllarga(guruhlar,sinflar,kastalar, zotlar va h.k.) aylanadi. Demak sotsial stratifikatsiya-vertikal tarzda joylashgan sotsial qatlamlar majmuasidir.Stratifikatsiya tushunchasi geologiya fanidan o‘zlashtirilgan(stratum-qatlam,fasio-yasayman) Sotsial stratifikatsiya termini sotsiologiyaga rus-amerika sotsiologi Pitirim Sorokin tomonidan kiritilgan.
Sotsiologiyada stratifikatsiyaning 4 asosiy o‘lchami mavjud:
1.Daromad.
2.Ma’lumotlilik darajasi.
3.Hokimiyat.
4.Kasbning prestijliligi.
Daromad–alohida individning yoki oilaning ma’lum vaqt ichida so‘mda yoki dollarda oladigan puli bilan o‘lchanadi.
Ma’lumotlilik darajasi davlat yoki xususiy maktabda o‘qigan yillari bilan o‘lchanadi.
Hokimiyatsiz qabul qilayotgan qaror tegishli bo‘lgan insonlar soni bilan o‘lchanadi.
Jamoatchilik fikrida hurmatga ega bo‘lgan mavqe. Shu mezon bo‘yicha ba’zi kasblar obro‘li, ayrimlari esa obro‘ga ega emas deb hisoblanadi
Strata-stratifikatsiyaning 4 shkalasi bo‘yicha o‘xshash ob’ektiv ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan insonlarning sotsial qatlami.
Jamiyatda insonlarni 2 ko‘rsatkich bo‘yicha stratalarga ajratamiz:
Nominal status (jins, irq, etnik kelib chiqish, tug‘ilgan joyi va h.k.)-peshonaga bitilgan.
Erishiladigan status.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin