Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.
7-MAVZU: Sotsial munosabatlar. (2 soat) Reja.
1. Sotsial munosabat strukturasi va tushunchasi.
2.Birdamlik va tanazzul.
3. Begonalashuv va uning turlari.
Sotsial munosabat strukturasi va tushunchasi.Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o‘rin tutadi. Chunki u orqali jamiyat azolari bir-birlari bilan malum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiya dagi bu maxsus soha o‘zining o‘ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to‘liq ilmiy va sistemali ravishda o‘rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda etarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo‘lning asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq Ittifoq falsafiy - sotsiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo‘lsa, ikkinchisi esa, ilg‘or g‘arb ijtimoiy adabiyotlarining, bu sohasi bo‘yicha to‘liq tadqiqot malumotlarining bizda yo‘qligidir.
Munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko‘rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo‘lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo‘ladi.
Sotsial munosabatlar tushunchasi ko‘pgina adabiyotlarda 2 xil darajada: keng va tor manoda talqin qilingan. Keng manoda tushunish - sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko‘p etibor bermaslik bilan bog‘liqdir.
Tor manoda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir muhim elementi va turi deb interpretasiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng manoda quyidagicha tarif bilan belgilangan.
Sotsial munosabatlar - bu, tabiat hodisalaridan o‘laroq bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar o‘tdi, yangi jug‘rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo‘ldi. eng muhimi esa, totalitar tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi yemirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo‘ldilar. endi esa jamiyatdagi jarayonlani, jumladan, sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, sotsial munosabatlarning muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug‘ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining har xil yonalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o‘rganish joizdir. Chunki sotsiologiya nafaqat bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlami keng qamrovda kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.
Birdamlik va tanazzul.Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Chunki birdamlik - bu, ko‘pgina manaviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘satayotgan insonlaming ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligi ko‘rinishidir. Avvalom bor shuni takidlab o‘tishimiz joizki, Sotsiologiya faniga bu atama sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo‘lib O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko‘gina mutafakkilar o‘zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa E.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o‘z tadqiqotlarini turli xil yonalishlarda olib borganlar. E.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik, bu axloqiy prinsip va oliy universal qadriyat bo‘lib, u jamiyatning har bir azosi tomonidan tan olinadi. O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikning asosini iqtisodiy mafaatlar tashkil qilishi markaziy o‘rinni egallaydi. G.Spenser o‘zining birdamlik talimotida majburiy va ko‘ngilli birdamlikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, kishilik jamiyati o‘z rivojlanish yolida ikkita harbiy va sanoat davrlariga bo‘linadi. Butun hayot bu erda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoning ikkita jihatga ajratib tahlil qilinishni E.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko‘rish mumkin. U o‘z talimotini mexanik va organik birdamlikka ajratadi. Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukumronlik qiladigan birdamlikni Dyurkgeym, mexanik birdamlik, deb ataydi.
Mexanik birdamlik - bu, “jamoa turidagi” birdamlik bo‘lib, u bu jamoadagi individlarning o‘xshashliklari bilan belgilanadi va ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi. Jamiyatda ijtimoiy mehnatning taqsimlashishi tufayli individlar maxsus vazifalarini bajaradilar va bu xislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. Shu jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym, organik birdamlik, deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda o‘zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo‘ladi. endi har bir individlarning o‘zi esa bir-birlariga bog‘liq bo‘ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg‘ulariga erishadilar.
Ko‘pgina g‘arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning ser-mahsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk xususiyatiga ega bo‘lsa, «ma’muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O‘z-o‘zidan, tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o‘z mehnatlaridan mafaatdorlikni his qilmaydilar.
Prezidentimiz I. A. Karimov takidlab ko‘rsatganlaridek, "O‘z-o‘zini boshqarishning xalqimiz ananalari va qadriyatlariga juda xos bo‘lgan usuli — mahallalar tizimi so‘nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo‘lib bormoqda... eng adolatli muhit, eng adolatli ijtimoiy sharoit, vaziyat faqat mahallada bo‘lishi mumkin.Hech bir korxona, hech bir davlat idorasi yoki jamoat tashkiloti bu borada mahalla bilan tenglasha olmaydi».
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va undagi hududiy, tarmoq (soha) va ijtimoiy mavqe yo‘nalishiga mansubligi bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari yana, shaxs jinsi, yosh jihati, ommaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, malumoti, ilmiy darajasi kabi mezonlar bilan ham o‘rganiladi.hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslar qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg‘arma mablag‘i miqdori kabi tomonlarni o‘rganishni ham talab etadi. Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko‘p ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo‘layotir. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda mehnatning mazmunini chuqur va har jihatdan o‘zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o‘zgarishiga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, mehnatga yangicha munosabatni tarkib toptirish, yangi texnologiyani yaratish, fanni yanada taraqqiy ettirish, munosib malakali kadrlar tayyorlash, maorifni tubdan yangilash kabi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar amalga oshirilmog‘i lozim..
Begonalashuv va tanazzul hamda ijtimoiy oqibatlar.
Hozirgi jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.
Bu begonalashuv turlari o‘zlarining malum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: 1. Faoliyatdan begonalashuv. 2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashish. 3. Faoliyat natijalaridan begonalishish. Siyosiy begonalashish siyosiy hokimiyatdan begonalashishdan; madaniy begonalashish muloqatdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begoralashuv o‘z-o‘zidan begonalashishdan iborat bo‘ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog‘liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish suratlari keskin pasaysa, xo‘jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib, narxlar tez suratlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy tasir qilishi, bazi tartiblar kirgizishi aniq. O‘z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, tanazzul ham shunchalik, chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo‘yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o‘z mehnati natijasida begonalashib boradi. endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig‘i yo‘q. Marksizm talimoti bo‘yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo‘lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik revolyusiya mantig‘iga ko‘ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta urushi kerak edi. Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo‘lib chiqdi. Mehnat kishisi esa u ana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani «yangi» sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o‘zining haqiqiy egasini topa olmadi.
Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan manaviy tanazzulni keltirib chiqardi. Jamiyatda sog‘lom muhitni yaratishda manaviyat va madaniyatning o‘rni o‘zgacha. CHunki, ular individlarning barkamol bo‘lib shakllanishlariga katta ta’sir ko‘rsatadilar. Agar jamiyat a’zolari o‘z ma’naviyatlari, boy madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o‘zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o‘z millatlarining ham milliy urf-odatlari, ananalarini ham inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o‘tmishimizga, uning tirixiga murojaat esak, ushbu satrlarimizning yaqqol isbotini ko‘ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni atoqli adib Chingiz Aytmatovning ta’biricha, manqurtlarga aylantiray dedi, yani biz o‘z xalqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o‘zligimizdan uzoqlashib qoldik. Davlatimiz mustaqilligiga erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni boshladik. Sotsiologiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial begonalashish insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga keladi. Inson o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy xususiyatga egadir. O‘zaro faoliyat tufayli paydo bo‘lgan ehtiyojlar asosida doim insonlar bir-birlari bilan munosabatlarda muloqotlarda bo‘ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma’nosi shundaki, u madaniyat shakllari va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi bo‘lib ximat qiladi. Lekin iqtisodiy tanazzul ko‘pgina insonlarni qiyin iqtisodiy ahvolga solib qo‘yadi. Natijada jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodi munosabalariga ko‘nikishlari qiyin kechadi. Oqibatda inflyasiyadagi ehtiyojlar tizimining cheklanishi va normallashtirish insonlarda agressivlik kayfiyati, johillashish fuqarolarda an’ana va urf-odatlar, ma’naviy qadriyatlarni yo‘qotishga olib keladi. Shu kabi salbiy omillar insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarini kuchaytiradi va hamma o‘z holicha degan norasmiy qonun paydo bo‘ladi.
Ruhiy begonalashuv - bu, insonning o‘z mohiyatidan uzoqlashishdir. Ushbu muammoni nemis mutaffakiri erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Uning fikricha, inson mohiyati doim o‘ziga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan sotsial tuzilma tasiri ostidagi inson o‘z-o‘zidan begonalashuvining har bir darajasiga malum bir sotsial xarakter - dunyoparastlik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, qolip), bozorga oidlik xosdir.
Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson mohiyatini «mashinalashtirish», «kompyuterlashtirish» va «robotlashtirish» jarayonlari yordamida begonalashuv uning darajasining bir mahsuli deb tariflaydi. Bozorga yo‘naltirilgan sotsial harakat paydo bo‘lib, unda iste’molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib qolishlik va boshqa salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu erda psixologik va sotsial begonalashish bir-biri bilan juda uyg‘unlashib ketishini ko‘rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan munosabatda, muloqotda begonalashsalar, o‘z-o‘zlaridan begonalashish ham yuz beradi, chunki insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlari oqibatida ular yakkalanish, zerikish va hayotga qiziqishlari so‘nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida inson o‘z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo‘qolib, u o‘zini begona deb hisoblaydi va bu jarayon ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
. Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.