Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan


-MAVZU. IJTIMOIY TARAQQIYOT SOTSIOLOGIYASI



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə127/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

8-MAVZU. IJTIMOIY TARAQQIYOT SOTSIOLOGIYASI
REJA:
1.Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasining mazmun-mohiyati.
2.Evolyusion, revolyusion va reformistik taraqqiyotlar.
3.Sotsial reformalar va ularning turlari.
4.Sotsial boshqaruv tushunchasi.


Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasining mazmun-mohiyati.
Ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati - madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o‘zgaruvchan, jo‘shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarurligini belgilab beradi.. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs, asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.
Kont nuqtai nazariga ko‘ra, sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
Empirik sotsiologiya jamiyat tarkibini alohida tizimiy bo‘linmalar tarzida tadqiq etishni asoslab berdi. Garchi, empirik sotsiologiya tarafdorlari stratifikatsion differensiatsiyani absolyutlashtirib, ijtimoiy integratsiya jarayonlarini e’tibordan soqit qiladilar.
Bu oqimlar umuminsoniy qadriyatlarga asoslanuvchi qonuniyatlarga, ilmiy nazariyalarga asoslanilsa, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega bo‘lardi.
1. Strukturaviy funksionalizm oqimi. (T.Parsons, R.Merton va bosh.). Bu oqim ijtimoiy tizim integratsiyasi va yaxlitli prinsipiga asoslanadi.
2. Industrial jamiyatdan so‘nggi jamiyat konsepsiya. (Dj.Bell, Dj.Gelbrayt, E.Bzjezinskiy, O.Toffler va boshqalar).
3. Axborotga asoslangan jamiyat nazariyasi (Yaponiya, AQSH, Yevropa). Ular jamiyatning axboratlashuvi va kompyuterlashuvi g‘oyasini ilgari suradi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar sotsiologiyasida jamiyatda bir-biriga zid, qarama-qarshi bo‘lgan 2 model mavjud:
1. Muvozanatli integratsion model. Bu modelni AQSH olimi R.Appelbaum ishlab chiqqan. Uning tarkibiy elementlari:
a) har qanday jamiyat o‘zini tashkil etuvchi uyg‘un, mukamal integratsion elementlar yig‘indisidan iborat;
b) jamiyat har bir elementi uning ish yuritishiga sharoit yaratadi;
v) har bir jamiyat o‘z a’zolarining faolligi, yangiligiga tayanadi.
2. Jamiyatning konfliktli modeli (nemis tadqiqotchisi R.Darendorf ishlab chiqqan). U:
a) har bir jamiyat istalgan paytda ijtimoiy o‘zgarishlarning doimiyligi bilan harakterlanadi;
b) har bir jamiyat istalgan paytda doimiy ijtimoiy konfliktlarga ehtiyoj sezib turadi;
v) jamiyat har bir elementi o‘zgarib borishga sharoit tug‘dirib turadi;
g) har bir jamiyatda o‘z a’zolarining bir qismi ikkinchi qismi tomonidan tazyiq ostida bo‘lishi tabiiy holdir, deb biladi.
Shu boisdan ham G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadlariga ham qaratilgandir.
Inson iqtisodiy faoliyati ma’lum bir uslublar, nazariyalar, amaliyotlar, institut, tashkilotlar orqali boshqarilib kelinsa, ijtimoiy jarayon, hodisalar va munosabatlar esa hali unchalik boshqarilish darajasiga o‘tgani yo‘q. «Ijtimoiy boshqaruv» faniga XX asr boshlarida Teylor, M.Veber, A.Fayola kabi olimlar asos soldilar. XX asr o‘rtalaridan boshlab sistemali yondashuv usuli qo‘llanila boshlandi.
Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni ko‘zlaydi:
istiqbolni baholash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlarini aniqilash va unga oqilona etishishning samarali vositalarini belgilash.
me’yorlarni aniqlash, istiqboldagi asosiy ijtimoiy talab va uni qondirish imkoniyatlarini belgilash.
tahdidlarni taxminlash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga aks ta’sir etish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va tahlil etish.
Ijtimoiy bashorat turlari:
Istiqboldagi holatlarni bashorat qilish: o‘tgan, hozirgi va kelgusi zamon hamda istiqbol an’analarini bashorat etish.
Me’yoriy bashorat - ijtimoiy hayotga mos me’yorlarni topish, aniqlash.
Tahdidlar bashorati - ijtimoiy taraqqiyot izdan chiqish holatining tahliliga asoslaniladi.
Ijtimoiy bashorat o‘zaro mantiqiy bog‘langan 4 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - bashorat ob’ekti bo‘yicha ma’lumotlar manbaini va ko‘rsatkichlarini aniqlash, bashorat dasturini ishlab chiqish, bashorat maqsadi masalalarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich - bashorat qilinuvchi ob’ektning dinamik modelini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich - bashorat qilinuvchi jarayon modeliga kiruvchi boshqaruv ko‘rsatkichlarini belgilash, ularning o‘zgarish tendensiyalarini va chegaralarini aniqlab olish, turli taxminiy variantlarini aniqlash.
Oxirgi bosqich - ko‘p variantli bashoratni amalga oshirishni asoslash va tahliliy xulosalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ijtimoiy bashorat masalasini yechishda matematik modellashtirish va ekspertiza usullardan foydalaniladi.
Axborot jamiyat faoliyatining ijtimoiy jihatdan o‘ziga xos tamoyillarini ifodalaydi va uning yordamida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi. Ijtimoiy axborotning o‘zi guruhlarga ajratiladi.
Birinchi guruhga ijtimoiy guruhlar tuzilmasi va holati haqidagi axborotlar kiradi.
Ikkinchi guruh odamlarning mehnat va turmush sharoiti haqidagi axborotlardan tashkil topadi.
Uchinchi guruh odamlarning hayot faoliyati, turmush tarzi va boshqa axborotlardan iborat.
Boshqaruv nuqtai nazaridan ijtimoiy axborot:
tashkiliy;
nazorat – hisobga olish;
natijaviy axborotlardan iborat.
Tashkiliy axborotlar ijtimoiy boshqaruv ob’ekti va sub’ekti o‘zaro bog‘lanishi, boshqaruv jarayoni, boshqaruv qarorlarining bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni tashkil etadi.
Nazorat - hisobga olish, axborotlar, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning borishi va uning boshqaruv qarorlariga mosligi haqidagi ma’lumotlardir.
Natijaviy axborotlar - belgilangan boshqaruv tadbirlari, talablari, qoida va normalari haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy boshqaruv: sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.
Sifat ko‘rsatkichlari - ijtimoiy hodisa va jarayonning ta’rifiy xususiyatlari va tarkibiy tuzilishi ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlardir.
Miqdor ko‘rsatkichli axborotlar – ijtimoiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchov shaklida aniqlangan kattaliklaridan iborat. Bu axborotlar EHMga asoslangan holda matematik modellashtirishni va u orqali ijtimoiy bashorat qilishni, tahlil qilish va baholashni amalga oshirishga imkon beradi.
Hozirgi davrda iqtisodiy hayotni ma’lum bir konsepsiyalarsiz, mafkuraviy maqsadlarga asoslanmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, Prezident Islom Karimovning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tamoyillaridan biri bo‘lgan «iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi» tamoyili iqtisodiy hayotning ma’muriy- buyruqbozlik mafkurasidan xoli bo‘lishini, iqtisodiyotni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiy hayot inson ma’naviy hayoti bilan uzviy bog‘liqdir.
Prezident I.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi».
Iqtisodiy hayot sotuvchi va xaridor o‘rtasida madaniy, ma’naviy munosabatlarsiz mavjud bo‘lmaydi. Agar ishchining mafaatlari, ehtiyojlari inobatga olinmasa, ularning maqsadi va intilishlariga sharoit yaratilmasa, hech qanday texnik va texnologiya muammolarini hal qilishga imkoniyat bermaydi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy hayot sotsiologiyaning tadqiqot ob’ektiga aylandi. Xuddi shu davrda ishlab chiqarishda inson omilining yetakchilik roli anglab etildi va bu boradagi tafakkur shakllanib bordi.
Xozirgi davrda iqtisodiy hayotni ma’lum bir konsepsiyalarsiz, mafkuraviy maqsad larga asoslanmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga kura Prezident Islom Karimovning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tamoyillaridan biri bulgan «iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi» tamoyili iqtisodiy hayotning ma’muriy buyruqbozlik mafkurasidan xoli bo’lishini, iqtisodiyotni erkinlashtirishni kuzda tutadi.
Iqtisodiy hayot inson ma’naviy hayoti bilan uzviy bog’liqdir.
Prezident I.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning bozor munosabatlariga utish modelimiz respublikaning uziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzini xar tomonlama xisobga olishga, utmishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay rivojlantirishning mudxish merosiga barxam berishga asoslanadi».
Iqtisodiy hayot sotuvchi va xaridor o’rtasida madaniy, ma’naviy munosabatlarsiz mavjud bulmaydi. Agar ishchining mafaatlari, extiyojlari inobatga olinmasa, ularning maqsadi va intilishlariga sharoit yaratilmasa, xech qanday texnik va texnologiya muammolarini xal qilishga imkoniyat bermaydi.
Garb davlatlarida XX asr 60-yillarida iqtisodiy sotsiologiya fanining ijtimoiylashuvi tendensiyasi kuchaydi. Iqtisodiy sotsiologiyani bugungi kunda global va xususiy masalalarni xal qiluvchi fan sifatida tasavvur qilish mumkin.
Iqtisodiy hayotni ijtimoiy talqin etishga birinchi bor g’arbda F.Teylor e’tibor berdi. U ishchilarning mexnatga bulgan kizikishini o’rgandi va 1894 yili mehnatga xaq tulash tizimiga asoslangan nazariyani ishlab chiqdi. Bu g’oya «iqtisodiy odam» konsepsiyasi asosida shu narsalarga e’tibor berildi:

  1. Eng qiska vaqtda ishchi kancha ko’p xajmda ish bajarsa, unga shuncha xaq tulash.

  2. Ishning xajmini emas, balki samaradorligi va yaxshiligini rag’batlantirish.

  3. Ishchilarga kam ish xaq berish va ko’p berish baravar zararlidir.

  4. Ishlovchida yuksak xaq oluvchi bulishga intilish xissini uyg’otish, yuksaklikka intilib yashash.


Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin