Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə128/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Teylor konsepsiyasi Amerika sanoatida Ford tomonidan ishlab chiqarishga tadbiq etildi, konveyer ishlab chiqarishi sharoitida mexnatning samaradorligi ragbatlantirildi. Sobiq SSSRda iqtisod moddiy rag’batlantirish o’rniga tenglik tushunchasini maydonga tashladi. Natijada mulkning davlat va kooperativ shakli mutloqlashtirildi. Bu esa ishchini mexnatdan, mulkdan begonalashuvga olib keldi. Kam ish xaqi oluvchilarning ish xaqi yuqori malakali mutaxassislarni rag’batlantirmasdi.
Xozirgi sotsiologlar va iqtisodchilar jamiyatning quyidagi ko’rinishlarini tadqiq etmoqdalar:
1. An’anaviy jamiyat.
2. Industrial jamiyat.
3. Postindustrial jamiyat.


Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
2.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
3.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
4.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
5.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
6.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
7.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
8.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
9.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
10.Begmatov A “Sotsiologiyaga kirish” Andijon 1995 yil.
11.Nosirxo‘jaev S. Bekmurodov M, va boshqalar. Sotsiologiya asoslari. Ma’ruzalar matni. T. 2001 yil .
12.Sotsiologiya darslik muallifliklar jamoati. T. 2002 yil.
13.Xolbekov A, Idirov U. “Sotsiologiya” lug‘at T. Ibn Sino 1999 yil.
14.Jo‘raev N. Tarix falsafasi. T. Ma’naviyat. 1999 yil.


9-mavzu: Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari.(4 soat)
Reja
1.Sotsiologik tadqiqot dasturi.
2. Sotsiologik tadqiqot turlari.
3. Sotsiologik tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
4.Xulosa va amaliy tavsiyalar berish.

Empirik sotsiologik tadqiqot, uning asosiy bosqichlari.


Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Empirik so‘zi qadimgi yunoncha bo‘lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot – yagona dastur va uslubiyot bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlari to‘g‘risida olingan. Empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to‘plash muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihadlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladi.
Hozirda, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida jamiyat hayotida ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlarni, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o‘rganib bo‘lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog‘i zarur.
Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatni ijtimoiy rivojlantirishda va uni rejali prognoz berish bilan ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma’lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta’minlash uchun, uning metodologik asosiga alohida e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
I Bosqich. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

    1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash;

    2. Sotsiologik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha buyurtma qabul qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzish;

    3. Bajariladigan ishlar bo‘yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet /sarf qilinadigan harajatlar smetasini/ tuzish;

    4. Dastur ishlab chiqish;

    5. Tadqiqot uslubiyoti, texnikasi va vositalarini ishlab chiqish.

II Bosqich. Asosiy bo‘lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o‘z ichiga oladi:

    1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o‘tkazish;

    2. Pilotaj;

    3. Dastlabki sotsiologik ma’lumotlarni yig‘ish;

    4. Empirik ma’lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish;

III Bosqich. Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash:

    1. Olingan empirik ma’lumotlarni guruhlarga ajratish;

    2. Taqsimiy jadval tuzish;

    3. Empirik ma’lumotlarni kompyuterlarga kiritish va modellashtirish;

IV Bosqich. Yakunlovchi bosqich bo‘lib, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi:

    1. Tadqiqot ma’lumotlarining dastlabki tasnifi va nazariy jihatdan fahmlamoq;

    2. Ilmiy nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish;

    3. Berilgan vazifa bo‘yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.

I bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi.

    1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash;

    2. Empirik tadqiqot g‘oyasini ishlab chiqish;

    3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish;

    4. Analitik muolaja tayyorlash;

II Bosqich. Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o‘tkazish;
III Bosqich. Olingan empirik ma’lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda quyidagi vazifalar bajariladi:

    1. Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash;

    2. Nazariy jihatdan qayta ishlash;

    3. Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash.

Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo‘yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o‘zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari:
1. Davlat buyurtmasi; 2. Xo‘jalik shartnomasi asosida; 3. Jamoatchilik; 4. Aralash tartibda bo‘lishi mumkin.
Empirik sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tahlililar asosida mavjud muammoni tadqiq qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy va nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek, tadqiqot bo‘yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalarni va sotsiologik tadqiqot metodologik asosining bayonidan iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilishi annotatsiya deb ataladi.
Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga: 1. tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; 2. ishchi farazni ishlab chiqish; 3. dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
I. Nazariy-metodologik qism:

    1. Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash.

    2. Tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash.

    3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.

    4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.

    5. Ishchi farazni ishlab chiqish.

II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni qismi:
2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.
2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.
2.3. Tanlov ishlari
2.4. Dastlabki olingan sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi
2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo‘nalishlar.
III. Xulosa qismi:

    1. Tadqiqot natijalarini mazmunan tasnifi.

    2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari /asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat/.

Tadqiqot maqsadi va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachisi va bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko‘tarish muammosini sotsiologik tadqiq qilish zarur bo‘lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligini pastligining birinchidan, asosiy sabablarini aniqlash, ikkinchidan, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va uchinchidan esa mavjud shart-sharoitni o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadni mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat bo‘ladi.
Tadqiqot predmeti va ob’ekti. Tadqiqot predmeti – mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha tadqiqot predmeti bo‘ladigan bir necha yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti tanlanganda, mavjud muammoni echish yo‘llari bo‘yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o‘tkazish usullari va shakllariga ta’rif beriladi.
Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik tadqiqot yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob’ekti tizimli xususiyatga, asosan, vaqt, makon, imkoniyat va miqdoriy o‘lchov chegarasiga ega bo‘ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-usulbiy darajasida ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo‘lgan muammo xarakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi, tadqiqot ob’ektining qanday bo‘lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob’ekti unchalik katta bo‘lmasa, sotsiologik jihatdan uni to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olish mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot ob’ektini to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lmaydi. SHuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart.
Dasturda aniq ko‘rsatilishi zarur:
1/ empirik tadqiqot ob’ekti; 2/ sotsiologik tadqiqot ob’ektni to‘laligicha qamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi? 3/ tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi /ro‘yhat tuzish, kartoteka, sotsiologik xarita kabilar/.
Sotsiologik tadqiqot farazi. Mavjud muammo bo‘yicha ilmiy faraz ishlab chiqish empirik sotsiologik tadqiqotni nazariy jihatdan tayyorlashning yakunlovchi qismi hisoblanadi. Tadqiqot farazi – o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisa tarkibi yoki uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik xarakteri to‘g‘risidagi ilmiy farazdan iborat bo‘ladi. Ilmiy faraz tadqiq etilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi.
Faraz – bu, tadqiqot uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib, keyingi olib boriladigan amaliy sotsiologik tadqiqotlarda ilgari suriladigan farazga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, farazni ishlab chiqish – empirik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdagi mantiqiy asosni ishlab chiqish demakdir.
Agar tadqiqotchi tomonidan ilmiy faraz ishlab chiqilgan bo‘lsa, empirik ma’lumotlar va tadqiqot natijalari shu ishchi farazning to‘g‘ri ekanligini tekshirishga, uni tasdiqlashga yoki bekor qilishga xizmat qiladi. Empirik tadqiqot farazi bo‘lmasa, unda sotsiologik tadqiqotning ilmiylik darajasi past bo‘ladi.
Dastur tarkibidagi amaliy qismning muhim jihati – empirik tadqiqot uslubiyoti, texnikasi, jarayoni va usullarini asoslashdan iborat.
Sotsiologik tadqiqot uslubiyoti – xususiy sotsiologik usullar majmui foydalaniladi. Metod /usul/ tushunchasi keng ma’noda bilimlar tizimini yuzaga keltirish va asoslash usuli, vositasi demakdir. Sotsiologiyada usul sifatida umumsotsiologik prinsiplar ham, ijtimoiy voqelikdagi jarayonlar va hodisalarni bilishdagi xususiy prinsiplar va konkret usullar – matematik-statistik usullar, sotsiologik axborotni yig‘ish usullari: kuzatish, so‘roqlar, eksperiment va hujjatlarni o‘rganish usuli va boshqalar tushuniladi.
Sotsiologik tadqiqot texnikasi – maxsus usullarining birligini anglatib, u yoki bu usuldan unumli va o‘z o‘rnida foydalanishni ifoda qiladi.
Sotsiologik tadqiqot jarayoni – tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning tartib bilan borish jarayonini anglatadi.
Amaliy sotsiologik tadqiqot olib borish jarayonida konkret tadqiqot usullarining ahamiyati katta. Ular yordamida dastlabki empirik ma’lumotlar yig‘ib boriladi. Ular kuzatish, so‘rovlar, hujjatlarni o‘rganish va eksperiment usullaridir.
Sotsiologik ma’lumotlarni yig‘ish usullari.
a) Sotsiologik tadqiqotda kuzatish usuli.
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik ma’lumotlarni yig‘ish usuli bo‘lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o‘ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo‘ladi. Bu usuldan foydalanishning o‘ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan ob’ektidan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar ob’ektiv, xolis va hayotiy bo‘lishi bilan o‘zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda sub’ektiv jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi va qay yo‘sinda tavsiflashi asosida boradi.
Kuzatish usulining yana bir muhim jihati uning muayyan darajada chegaralanganligi bo‘lib, ko‘pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo‘lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savolga kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha faqat so‘z bilan ifodalanadi. Ammo, ba’zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so‘z orqali ifodalash qiyin bo‘ladi.
Kuzatish jarayonining xarakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: nazoratli /ochiq/ va nazoratsiz /inkognito/, to‘la qamrovli /standartlashtirilmagan/ va qamramaydigan / standartlashtirilgan/, dala sharoitida va laboratoriya sharoitida, ichkaridan va chetdan kuzatish.
Nazoratli, ya’ni ochiq kuzatishda kuzatilayotgan guruh oldindan ogohlantirib qo‘yiladi, nazoratsiz, ya’ni inkognito kuzatishda esa, aksincha, guruh o‘zini kuzatilayotganliklarini sezmaydi.
To‘la qamrovli, standartlashtirilmagan kuzatishda u aniq bir harakat rejasisiz amalga oshiriladi, standartlashtirilgan, ya’ni to‘la qamramaydigan kuzatishda kuzatishda kuzatuvchi tadqiqot predmeti va jarayoniga nisbatan aniq chegaralangan programmaga asoslanadi.
Dala sharoitida kuzatish ob’ekti qilib sotsial voqelikning u yoki bu tomoni, jarayoni olinadi. Laboratoriya sharoitidagi kuzatishda esa ob’ekt qilib ob’ektiv voqelikki ma’lum bir darajada moslashtirilgan model olinadi.
Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan ob’ektda ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va unga bo‘ysunadi, chetdan kuzatishda esa tadqiqotchi ob’ektga nisbatan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi.
Ichkaridan kuzatishga misol qilib Amerika sotsiologi Uilyam Uaytning «Ko‘cha burchaklari jamiyati» kitobida yoritilgan /1937/ tadqiqotini olish mumkin. Avtor, Italiya emigrantlari oilalaridan chiqqan yoshlar ichida reketning vujudga kelish jarayonini o‘rganish niyatida, shu muhitda uch yarim yil yashagan, ular bilan bir xil hayot kechirgan.
Sotsiologik kuzatish ob’ekti insondir, shuning uchun tadqiqot jarayonida tadqiqotchining maqsadini intuitiv holda his qiilib, o‘z xulq-atvori yoki xarakatini o‘zgartirishi mumkin. Natijada, olingan ma’lumot sotsiologning talabiga javob bermaydi.
Demak, sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan cheklanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan ma’lumotlar, natijalar o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Bu usuldan ko‘pincha sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, ob’ekt to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni qo‘shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin