Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə125/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Reproduktiv dinamika. Sotsial dinamikaning bu turi tug‘ilish, ishlab chiqarish, ekologiyaning sotsial jihatlarini o‘z ichiga oladi. Aholi sonining o‘sishi, tug‘ilish miqdori, ularni belgilovchi omillar reproduktiv sotsial dinamika sohasiga kiradi. Ishlab chiqarish, ekologiya va sotsial sub’ektlar reproduktiv o‘rnashmalarga aloqador bo‘ladi.
Maqom (status) sotsial dinamika. U o‘z ichiga xizmat lavozimlarida ko‘tarilish yoki pasayishni, turmush darajasi va sifati kabilarni qamrab oladi.
Hududiy sotsial dinamika. Aholi ko‘chishlari surati va miqdorlarining sotsial jihatlari, katta shahar vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan sotsial muammolar, ishlab chiqarishning joylashtirilishi, uning sotsial oqibatlari hududiy (territorial) sotsial dinamika ob’ektlaridir.
Manaviy hayot dinamikasi manfaatlar, qadriyatlar, fikrlar, normalar harakati, o‘zgarishi va rivojlanishi bu soha doirasida bo‘ladi.
Siyosiy dinamika jamiyat sotsial-sinfiy tarkibi, hokimiyat shakllari o‘zgarishini anglatadi.
Fan - texnika dinamikasi. Fan-texnika taraqqiyotining sotsial jihatlari, ishlab chiqarish vositalari o‘zgarishlarining ijtimoiy subektlar hayotiga tasiri, axborot va kommunikasiya bilan bog‘liq sotsiodinamik o‘zgarishlar fan-texnika dinamikasiga kiradi.
Sotsial dinamika abstrakt, mavhum qonuniyat ifodasi emas.har bir mintaqa, ijtimoiy tuzumda o‘ziga xos sotsiodinamikani ko‘rishimiz mumkin.
Sotsial dinamika vertikal (yuqori va pastga) va gorizontal (yani, parallel tomonga) yonalishda ro‘y berishi mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha sotsial dinamika turlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda tekshirish mumkin. Jumladan, sotsial-sinfiy struktura elementlari harakati sotsial stratifikatsiya yondashuvi asosida qaralganda buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Sotsial stratifikasiya (lot. strath - tuzilma, qatlam) sotsiologik tushuncha bo‘lib, bu tushuncha umuman jamiyatning, ayrim sotsial guruhlarning tarkibini, ularning turli-tuman belgilariga: daromadi, malakasi, malumoti va boshqa darajalariga qarab, odatda, ierarxiya (yuqori va quyi) tarzda joylashgan ijtimoiy qatlarnlarga bo‘linishini tavsiflaydi. Funksionalizm nuqtai nazaridan, sotsial stratifikatsiya tizimi jamiyatdagi sotsial rol va mavqelarning differensiasiyasi bo‘lib, u har qanday jamiyatning obektiv ehtiyojidir. Jamiyatning turli sohalarida stratalardan stratalarga harakatni ko‘rish mumkin. Masalan, iqtisodiyot sohasida bar bir odam milloner bo‘lishi mumkin; siyosatda yirik siyosiy mansabga erishish mumkin; armiyada har bir askar general bo‘lishi mumkin; diniy faoliyat sohasida - oliy diniy martabaga erishish mumkin; fan - bu, faoliyatning nisbatan zoe ketadigan sohasi bo‘lib, biroq bunda ilgarilash mumkin; nikoh orqali foydali nikoh vositasida jamiyatning eng yuqori pog‘onalariga g‘oyat tez ko‘tarilish mumkin. Kishilarning sotsial zinapoyadagi yuqoriga qarab siljishga intilishi - ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Odam bir vaqtning o‘zida bir necha strataga kirishi mumkin. Bu stratalar institusional, madaniy, norasmiy mezonlar asosida ajratib ko‘rsatilishi mumkin va ularga mos bo‘lgan sotsiodinamika ham mavjud. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi hozirgi zamon sotsiologiyasida differensiatsiyaning murakkab tarkibi va tizimlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.Jamiyatning ijtimoiy tarkibi turli ijtimoiy birliklar o‘rtasida o‘zaro muonsabatlarni ham ifodalaydi. Masalan, ijtimoiy-sinfiy, guruhlararo /sinflar, ijtimoiy guruhlar tabaqalar, qatlamlar/, ijtimoiy-demografik /yoshlar, o‘rta yoshlilar, keksalar, ayollar, erkaklar/, ijtimoiy-etnik /millatlar, halqlar/, ijtimoiy-professoinal /kasbga qarab: o‘qituvchilar, injenerlar, tibbiyot xodimlari, temirchilar, kosiblar va shu kabi/ va ijtimoiy-hududiy /mintaqa, shahar, qishloq, tuman, mahalla aholisi/ shular jumlasidandir.
Shu o‘rinda g‘arb sotsiologiyasida keng o‘rganiladigan sotsial mobillik tushunchasi xusuida to‘xtalib o‘tish talab etiladi.
Sotsial stratifikatsiya nazariyasiga asos solgan va uni yanada rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan, yuqorida nomlari keltirilgan g‘arb sotsiologlari sotsial mobillik to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini bildirganlar.
P.Sorokin o‘zining “Inson. Sivilizatsiya. Jamiyat” asarida alohida bobni sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillikka bag‘ishlagan. “Sotsial mobillik” tushunchasi sotsiologiyaga birinchi bor 1927 yilda P.A.Sorokin tomonidan kiritilgan. Uning qarashicha, sotsial mobillik kishilarning ijtimoiy pog‘onalardan ikki yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishidir. Birinchisi, vertikal yo‘nalishda bo‘lib, unda yuqori va past darajalarga qarab, ikkinchisi esa gorizontal yo‘nalishda bo‘lib, unda bir ijtimoiy darajadagi o‘zgarishni anglatadi. Fransuz sotsiologlari P.Bertu va R.Burdonlar ham sotsial mobillikning jamiyat hayotining rivojlanishidagi muhim ahamiyatini ko‘rsatib berganlar. Keyingi yillarda rus sotsiologlaridan akademik T.I.Zaslavskaya va professor R.V.Rivkinalar ham sotsial mobillikning Rossiya ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini tadqiq qilmoqdalar.
Sotsial mobillik deb ayrim shaxs yoki guruhlarning jamiyat tarkibidagi o‘z o‘rnini, mavqeini o‘zgartirishiga aytiladi.
Sotsial mobillik ijtimoiy rivojlanish qonunlarining amal qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim shaxs va guruhlarning ijtimoiy mavqeining quyiga yoki yuqoriga o‘zgarib borishini ifodalaydi.
Sotsial mobillik vertikal va gorizontal tartibda bo‘lishi mumkin. Vertikal sotsial mobillik – ijtimoiy mavqe tizimida yuqori yoki pastga qarab o‘zgarib borishidir. Gorizontal sotsial mobillik – individ yoki guruhning ijtimoiy daraja bo‘ylab o‘zgarishini ifodalaydi. Sotsial mobillikda asosiy va asosiy bo‘lmagan, ikkinchi darajali zaruriy va tasodifiy, ommaviy va xususiy kabi ko‘rinishlar va yo‘nalishlar mavjud.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin