9-mavzu: Empirik sotsiologik tadqiqotlar. Sotsiologik tadqiqot dasturi. Dastur konseptual va konstruktiv birlik sifatida. Dasturning strukturasi: nazariy-metodologik va metodik bo’limlar. Dasturning asosiy elementlari: muammoni ta’riflash; tadqiqot maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniiqlash; ob’ektni tizimli tahlil qilish, tushunchalarni nazariy va empirik izohlash, gipotezalarni ifodalash; ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
Sotsiologik informasiyani (axborotni) to’plash metodlari. Sotsiologiyadagi ma’lumotlarni to’plash metodlarining umumiy tasnifi: so’rov, kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o’rganish metodlari, ularning o’ziga xosligi
So’rov metodi. So’rovning turlari. Anketa (so’rov varaqasi) so’rov metodining markaziy elementi sifatida. Anketa tuzish texnikasi. Anketaning umumiy tuzilishi. Anketadagi savollarning turlari, asosiy talablar. Og’zaki so’rov va uning xususiyatlari. Intervyu olish uslubi.
Kuzatish metodi va uning mohiyati. Kuzatish xillari. Kuzatishning aniqligi muammosi va uni ta’minlash usullari. Kuzatish davrlari va tartibi. Kuzatish asboblari, kuzatish natijalarini qayd etish usullari.
Hujjatlarni o’rganish metodi. Sotsiologiyada hujjat tushunchasi, uning turlari. Hujjatlarning informasiya manbai sifatidagi ishonchlilik muammosi. Hujjatlarni tahlil qilish turlari. Kontent-tahlil hujjatlarni o’rganish metodining bir turi sifatida.
Eksperiment metodi. Eksperiment turlari. Ijtimoiy eksperiment strukturasi, uning bilish imkoniyatlari. Ob’ektni tanlash, eksperimental va nazorat guruhlarini shakllantirish, eksperimental vaziyat, natijalarni tahlil qilish. Xulosalarni tahlil qilish usullari. Eksperimental va nazorat guruhlarni tuzish parametrlari. Eksperiment o’tkazish texnikasi.
“Sotsiologiya” fani bo`yicha ma'ruza mashg`ulotining kalendar tematik rejasi