Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan


-mavzu: Sotsial guruhlar va sotsial institutlar



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə17/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

4-mavzu: Sotsial guruhlar va sotsial institutlar.
Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Sotsiologiyada sotsial guruhlarga ajratish mezonlarining xilma-xilligi Sotsial gurux turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, ingurux va autgurux, referent guruhlar va boshqalar. G‘arb sotsiologiyasida kichik guruhlar nazariyasi: sotsiometriya, guruh o‘zgaruvchanligi, psixoterapevtik va boshqalar sotsial guruhlarning shakllanishi, ishlashi va taraqqiy etishi qonunlarini tushuntiruvchi nazariyalar sifatida. Kvaziguruhdar. Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug‘, qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat. Ommani sotsiologik o‘rganish.
Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o‘rni. Oila va nikoh. Iqtisodiy institutlar. Ularning ko‘rinishlari va vazifalari. Iqtisodiy guruhlar va iqtisodiy hatti-xarakat. Ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari va vazifalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va kasb. Mexnat bozori, bandlik va ishsizlik. Davlat va jamiyatning siyosiy tizimi. O‘zbekistan sharoitida demokratik bozor islohotlarini va iqisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. O‘zbekistonda huquqiy ongning o‘ziga xosligi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Din sotsiomadaniy institut sifatida. Dinning funksiyalari. Zamonaviy jamiyatda dinning o‘rni. din bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. Ta’lim sotsial institut sifatida. Uning taraqqiyoti va shakllari. Umumiy, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim. Oliy ta’lim va fan: tarkibi va ilmiy-pedagogik kadrlar. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi va Evropa xamda AQSH universitetlari: umumiylik va xususiylik. Ta’lim tizimidagi islohotlar.


5-mavzu: Shaxs va deviant xulq-atvor.

Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasining turli fanlardagi talqini. Shaxs,individ,inson tushunchalari.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.Shaxs ijtimoiy munosabatlarning maxsuli sifatida.Shaxs to’g’risidagi asosiy nazariyalar.Shaxs strukturasi. Shaxs turlari.


Deviant xulq-atvor tushunchasi. Deviant xulq-atvor (og’ma xulq-atvor) muammosini o’rganish sotsiologiyadagi ilmiy yo’nalish sifatida. Deviant xulq-atvor turlari: qonunni buzish, o’z-o’zini o’ldirish, giyohvandlik va boshqalar. E.Dyurkgeym, R.Mertonlarning deviant xulq-atvor nazariyalari, Z.Freyd va E.Frommlarning destruktivlik (strukturani buzilishi) nazariyalari.
Sotsial me’yor va anomiya deviant xulq-atvor nazariyasining markaziy tushunchasi sifatida. Deviant xulq-atvor belgilari, ularning strukturasi. Deviant xulq-atvorni turkumlash. Buzilgan xulq-atvor mexanizmi. Deviant xulq-atvorning tibbiy-biologik, ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy tomonlari. Hozirgi zamonda deviant xulq-atvorning tarqalishi va o’zgarishi. Deviant, delinkvent va kriminal xatti-harakatlar. Professional jinoyatchilik. Uyushgan jinoyatchilik. Dunyoda jinoyatchilik holati. Jinoyatchilikning oshishi va jamiyatning kriminallashuvi sabablari va namoyon bo’lish shakllari. O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligi. Jamiyatda korrupsiya muammosi. Deviant xulq-atvor funksiyalari.
Sotsial nazorat. Sotsial nazorat kishilar xatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida. P.Bergerning sotsial nazorat to’g’risidagi ta’limoti. Sotsial nazorat elementlari: me’yorlar va sanksiyalar. Sotsial sanksiyalar turlari: pozitiv va negativ, rasmiy va norasmiy. Sotsial me’yorlar tasnifi. Sotsial me’yor turlari: huquqiy, diniy, an’anaviy va axloqiy. Ichki va tashqi nazorat. O’z-o’zini nazorat qilish muammosi. Rasmiy va norasmiy nazorat agentlari. Nazorat usullari va ularning sanksiya turlariga bog’liqligi. Jamoatchilik fikri sotsial nazoratning shakli sifatida.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin