Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni:
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Ko’rgazmali-tematik ma’ruza
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
Shaxs sotsiologiyasi.
Deviant xulq-atvor turlari va ko’rinishlari.
Sotsial me’yor va sotsial nazorat.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda shaxs sotsiologiyasi, uning mohiyati haqida ,deviant xulq-atvor tushunchasi, uning turlari, sotsial me’yor va sotsial nazorat tushunchalari va ularning turlari haqida tasavvurni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
Talabalarda shaxs sotsiologiyasi, uning mohiyati haqida tushuntirish,
deviant xulq-atvor tushunchasiga ta’rif berish va uning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
deviant xulq-atvorning pozitiv va negativ ko’rinishlari, jinoyatchilik, alkogolizm, narkomaniya va h.k. turlari haqida ma’lumotlar berish;
deviant, delinkvent va kriminal xatti-harakatlarning bir-biridan farqini tushuntirib berish;
sotsial me’yor va sotsial nazorat tushunchalariga ta’rif berib, ularning turlari va shakllari haqida gapirib o’tish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
deviant xulq-atvor tushunchasiga ta’rif bera oladi;
pozitiv va negativ deviasiya ko’rinishlarini ta’riflab, tushuntirib bera oladi;
deviasiyaning turlariga konkret misollar keltira oladi;
deviant, delinkvent va kriminal xatti-harakatlarni bir-biridan farqlovchi jihatlarini sanab bera oladi;
sotsial me’yor tushunchasiga ta’rif berib, uning turlarini sanab bera oladi;
sotsial nazorat tushunchasiga ta’rif berib, uning turlari va shakllariga misollar keltira oladi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, blis-so’rov, bayon qilish
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarkatma materiallar, slaydlar
|
O’qitish shakli
|
Jamoaviy ishlash, barcha birgalikda (frontal)
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baxolash
|
Ogzaki nazorat savol javob reyting tizimi asosida baxolash
|