Fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi Sotsiologiya fani ijtimoiy hayot muammolari va ijtimoiy taraqqiyot jarayonining turli omillarini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan hisoblanib, u tarix, xuquqshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, psixologiya, siyosatshunoslik, etnografiya, iqtisod nazariyasi, matematika, statistika kabi fanlar bilan yakin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o‘z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Sotsiologiya fani jamiyat hayotidagi ijtimoiy muammolarni o‘zining empirik bazasiga ega bo‘lgan konkret amaliy tadqiqotlari bilan kompleks tarzda tadqiq etadi. Jumladan, ijtimoiy mehnat va uning samaradorligini oshirish, marketing tadqiqotlarini faol olib boradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning sotsiologiya fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar fanning mavzulariga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalari asosida olib boriladi.
Asosiy qism Sotsiologiya fan sifatida Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi, uning sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Xaldun va boshqalar) zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida. G‘arb sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti muammosi. Sotsiologiyaning turli yo‘nalishlarida fanning ob’ekti va predmeti muammosini yechish yo‘lidagi g‘oyaviy-nazariy izlanishlar.
Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati. Sotsiologiya va falsafa. Sotsiologiya va tarix. Sotsiologiya va psixologiya, demografiya, genetika, sotsial geografiya. Sotsiologiya va tabiiy hamda aniq fanlar. Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o‘ziga xos o‘rni.