Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashgulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda darslik va uslubiy qo‘llanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlaridagi bilim, ko‘nikmalari hamda malakalarini amaliy jihatdan mustahkamlab boradilar.
Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etilayotgan mavzular:
Sotsiologiya fan sifatida.
Sotsiologiya strukturasi.
Jamiyat yaxlit tizim sifatida.
Sotsial guruhlar va sotsial institutlar.
Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor.
Jamiyatning sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar.
Sotsial munosabatlar.
Ijtimoiy taraqqiyot: nazariya va amaliyot.
Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan holda qo‘yidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini
o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
• - mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
fanga oid statistik ma’lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy (distansion) ta’lim.
«Sotsiologiya» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, ma’ruza, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.