Batial zona yotqiziqlar kontinental yotqiziqlar



Yüklə 70,43 Kb.
səhifə2/3
tarix01.02.2023
ölçüsü70,43 Kb.
#82097
1   2   3
8.MUSTAQIL ISH

Qizil yotqiziqlar — gil, alevrolit, kumtosh, konglomerat, ohaktosh va gipslardan tarkib topgan qizil rangli choʻkindi togʻ jinslari majmuasi. Qizil yotqiziqlarning quruq iqlim sharoitida hosil boʻlganligini rangining qizilligi, karbonatliligi va gipslanganligi koʻrsatadi. Qizil yotqiziqlar qumli va shagʻalli gorizontlardagi yer osti suvlari taʼsirida oʻzgargan rayonlarda temir va boshqalar elementlar qayta taqsimlanishi natijasida bu yotqiziqlarda yashil gleylangan gorizontlar paydo boʻladi. Epigenetik gleylanish natijasida baʼzan Qizil yotqiziqlar olabula rangliga aylanadi. Koʻpincha togʻ oldi allyuvial tekisliklarida, togʻ oraligʻi botigʻida, daryo oʻzani, qayiri va deltasida hamda koʻllarda uchraydi. Qizil yotqiziqlarning shakllanishi butun geologik davr mobaynida — tokembriydan neogengacha (koʻproq kembriy, devon, perm, trias, boʻr, paleogenneogen) sodir boʻlgan. Qizil yotqiziqlar bilan mis, uran, vanadiy, flyuorit, selestin, gips, neft va tuz konlari bogʻliq.
Dengiz yotqiziqlari (dengiz choʻkindilari) — Yerdagi xoz. va kad. dengizlar tubida hosil boʻlgan choʻkindi va vulkanogen-choʻkindi yotqiziqlar. D. yo. termini fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida choʻkindi hosil boʻladigan zonada tarkib topib togʻ jinsiga aylanishga ulgurmagan mahsu-lotlar uchun qoʻllanilgan. D.yo. kontinental yotqiziqlarga nisbatan koʻp va materik Yer poʻstidagi choʻkindi qobiq umumiy hajmining 75% dan koʻprogʻini tashkil etadi. D.yo. arxey yoki undan ham avval (3,5—4 mlrd. yil muqaddam) dastlabki dengizlar hosil boʻlish davridan boshlab, Yerning butun geologik rivojlanish tarixi davomida hosil boʻlib kelgan. D. yo. diagenez jarayonida choʻkindi togʻ jinsiga aylangan. D. yo. ohaktosh, dolomit, mergel, kremniyli jinslar, gil va argillit, alevrolit, qumtosh, konglomerat va b.dan tashkil topgan. Koʻpchilik metamorfik togʻ jinslari (gneys, slanets, marmar) dastlab D. yo. boʻlgan. D. yo.ning asosiy turlariga terrigen, biogen, xemogen va vulkanogen jinslar mansub. Chuqurligi, qirgʻoqdan uzokligi, dengiz tubining relyef shakli, oqimlar va b. omillarga bogʻliq holda alohida dengiz havzalarida D. yo.ning turli fatsi-yalari hosil boʻladi. Baʼzi bir auti-ge n minerallar (glaukonit), yotqiziqlarning ichki va tashqi tuzilishi D. yo.ning belgilari hisoblanadi. Chuqur dengiz soyliklarida toʻplangan D. yo. asosan mayda donali (gil, alevritlar, ohaktoshli va kremniyli gillar) choʻkindilardan iborat. Yon bagʻirliklarda suv osti koʻchki yotqiziqlari vujudga keladi. D. yo.ning tarkibi, massasi va Yer yuzasida tarqalishiga tektonik rejim va iqlim sharoiti katta taʼsir koʻrsatadi. D. yo. hosil boʻlish sharoiti geologik tarix davomida bir xil bul-magan. Mas, proterozoy va paleozoyda xemogen choʻkindilar mezozoy va kay-nozoydagiga qaraganda koʻp toʻplangan. Tokembriy va erta paleozoyda esa dengiz dolomitlari koʻp hosil bulgan. Te-mirli kvarsitlar (jespelitlar) faqat proterozoyda maʼlum. 20-asrning 60-y.larida olimlar urtasida D. yo.ni ik-kiga — okean yotqizik,pari va D. yo.ga ajratish gʻoyasi paydo boʻldi. Bular bir-biridan chukindilarning hosil bulish tezligi va ularda terrigen materiallarning ishtirok etishi va etmasli-giga hamda biogen jarayonlarning koʻpligi bilan farq qilina boshladi. Chukur suvli D. yo.ning okean oʻrtasi togʻliklari rift zonalarida eksgalyasion-choʻkindi, kup metalli oksidli rudalanishlar, kontinentlardagi qazilma D. yo.da esa stratiform rudali (temir, marganets, uran vanadiy va boshqalar), noruda (fosforitlar) va yonuvchi (yonuvchi slanetslar, neft va gaz) foydali qazilmalar topilgan.

Yüklə 70,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin