I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
34
@edurtm_uz
9-MAVZU: BAXTIYORLIK – UMRNING BOSH
MAQSADI
1. Baxtiyorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsa kerakmi?
3. Bizni baxtli qiluvchi odatlarni bilasizmi?
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
Savol va topshiriqlar
VATAN UCHUN YASHASH – BAXT
Bizlarni unutmangiz, maktab-maorifni taraqqiy ettiringiz.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Mahmudxo‘ja ziyoli oilada tug‘ildi. Ta’lim-tarbiya olib, o‘z davrida yuksak
lavozimlarga erishdi. Qalbi pok, aqli teran bu zot olamga qalb ko‘zi bilan
boqdi. O‘sha yillardagi tahlikali vaziyatda u haqsizlik, adolatsizliklarga
ko‘z yumolmadi, xalqning dard-u alamini chuqur his etdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy taraqqiyotni ilm-u ma’rifatda
deb bildi,
kishilarni ilmga, ziyoga chorladi, jaholatdan qochishga undadi, yoshlarga
ilm berish uchun maktablar ochdi, darsliklar yozdi.
Necha zamonlardan
beri kishilar ongiga singib kelayotgan jaholatni quvish uchun teatr
tomoshalari yozib, namoyish ettirdi, gazeta va jurnal chiqarib, elga ilm-u
ma’rifat yoydi. Buyuk ajdodimiz xalqining taqdiri uchun qayg‘urdi,
Vatan
ravnaqi uchun yo‘l izladi.
O‘sha davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi Vatan ozodligini,
xalqi farovonligini istagan yuzlab ziyolilar yo‘q qilingan, qatag‘onga
uchragan. Ular taqdirlarini Vatan istiqboli bilan bog‘ladilar va xalq
manfaatini jonlaridan ustun qo‘ydilar.
Oradan yillar o‘tib, bobolar orzusi – O‘zbekiston mustaqilligi amalga
oshgach, ularning
nomlari abadiylashtirilib, Vatan yo‘lidagi xizmatlari
munosib taqdirlanmoqda.
1. Ajdodlarning xizmatlarini unutmaslik, maktab-maorifni taraqqiy
ettirishning mohiyati nimada?
2.
Mahmudxo‘ja Behbudiy «taraqqiyot ilm-u ma’rifatda» deganda
nimani nazarda tutgan?
3. Teatr va gazeta-jurnallarning jamiyat hayotidagi o‘rnini izohlang.
Ularning insonlar tarbiyasidagi o‘rni qanday?
4.
Inson xalqi, yurti, jamiyat manfaatlarini o‘z
manfaatidan ustun
qo‘yishi uchun qanday xususiyat va jihatlarga ega bo‘lishi lozim?