II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
64
@edurtm_uz
17–18-MAVZU: LIDERLIKKA XOS XUSUSIYATLAR
1. Inson fe’l-atvorining hayotiga qanday ta’siri bor?
2. Yetakchi insonlar qaysi xususiyatlari bilan ajralib turishadi?
3. «Temir iroda» deganda nimani tushunasiz? Uning baxt bilan qanday
bog‘liqligi bor?
Quyidagi fikrlarni muhokama qiling.
QAT’IY FE’L-ATVOR – LIDERGA XOS XUSUSIYAT
Lider qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?
Umidsizlik, qiyin vaziyatda sizga olg‘a borish uchun nimalar yordam
beradi?
«Muvaffaqiyatli insonlarning siri – ular boshqalardan ko‘ra ko‘proq
mehnat qiladilar, xolos» degan fikrga munosabatingiz qanday?
QAT’IY FE’L-ATVOR – «MEN BUNI QILA OLAMAN»
Inson ezgu niyatlariga yetishish uchun yashaydi. Maqsad va orzularga
erishish uchun muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turib, yana olg‘a borish
kerak bo‘ladi. Doimiy o‘qib-o‘rganish, ko‘nikma va qobiliyatni rivojlantirish
yetakchilarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Qat’iylik – mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqiyatga
erishish uchun bardosh bilan oldinga borishdir. Qat’iy irodaning asosi
uchta: sabrli bo‘lish, ilm olish va mehnat qilish.
Kattalar «Men buni qila olaman» deb astoydil harakat qilsang, mehnat-
dan qochmasang, albatta, niyatinga yetasan», deyishadi.
Dostları ilə paylaş: