61
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Mulohaza uchun
Amaliy faoliyat
Quyidagilarning har biriga uchtadan misollar keltiring.
1. Sizdan ko‘ra ko‘p gapiradi. ...
5. Sizdan ko‘ra kamgap. ...
2. Sizdan mehnatkashroq. ...
6. Sizdan ko‘ra aqlli. ...
3. Sizdan ko‘ra ko‘proq kitob o‘qiydi. ... 7. Sevimli ustozlaringiz. ...
4. Sizdan ko‘ra ko‘p sayohat qiladi. ... 8. Sizga mehribon. ...
1. Qayerda yaxshi taom yeyish mumkin?
2. Sayohat uchun qayerga borgan bo‘lar edingiz?
3. Bog‘-rog‘larga boy joy.
4. Doim issiq o‘lkalar.
5. Siz tashrif buyurishni istamagan joy.
6. Siz Yerdan tashqari sayohat qilmoqchi bo‘lgan joy.
7. G‘oyalarga boy joy.
8. Dunyodagi eng tinch joy.
IJODKORLIK – IQTISODIYOT VA INNOVATSIYANING G‘ILDIRAGI
XXI asrga kelib ijodkorlik va madaniyat xalqaro iqtisodiyotning muhim
yo‘nalishlariga aylandi. Natijada «kreativ iqtisodiyot» tushunchasi paydo
bo‘ldi. Internet orqali aloqalar o‘rnatish, axborot
texnologiyalari yordamida
ijod qilish bu yo‘nalishning jadal rivojiga poydevor bo‘ldi. Ijodkorlar adabi
-
yot va san’at asarlari, fan va madaniyat sohasidagi xizmat va tadqiqotlari,
dasturiy mahsulot hamda ishlanmalarini sotib katta foyda ko‘rmoqda.
Xalqa-
ro bozorda raqobatbardosh bo‘lish, sifatli xizmat ko‘rsatish uchun mutaxas-
sisdan ijodiy fikrlash bilan birga, tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi ham talab
etiladi. Tanqidiy fikrlash ijodkorlarga yangilik yaratishda yordam beradi.
Jamshid Xoliqulov jurnalistika
sohasida tahsil olayotgan
davridayoq «raqamli dunyo»ga qiziqib qoldi. Hayot tarzining
ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashayotgani uning
maqsadlarini o‘zgartirib yubordi. Internet davri ta’siri-
da yuqori sur’atda rivojlanayotgan dunyoning turli hu-
dudlaridagi kompaniyalar axborot tarqatishda so‘z
bilan
birga grafika-tasvirlardan ham foydalanishga kirishib
ketdilar. Jamshid so‘zning mohiyatini suratda aks ettirish
qobiliyatini egalladi. Buning uchun so‘zni anglash, ijodiy
fikrlash ko‘nikmalari unga yordam berdi.
Envato, CreativeMarket, Shutterstock
platformalarida jahon
miqyosida har kuni yuz minglab kompaniyalar tadbir yoki reklama
mahsulotlarining grafika-tasvirlari uchun tanlovlar e’lon qilishadi. Jamshid
frilanser sifatida, ishdan bo‘sh vaqtida bu platformalar orqali qo‘shimcha
mablag‘ ishlab topadi. Undagi tanqidiy va ijodiy
fikrlash qobiliyati ham
oilasi, ham davlatga daromad keltirmoqda.