Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


BO‘LAJAK TADBIRKORGA ESLATMA



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

BO‘LAJAK TADBIRKORGA ESLATMA
O‘zbekistonda tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilgani barchani
ishbilarmonlik bilan shug‘ullanishga ilhomlantirmoqda. Ehtimol
sizda ham allaqachon tadbirkor bo‘lish istagi uyg‘ongandir. Unda bir
haqiqatni unutmang – yosh tadbirkor uchun muvaffaqiyatning asosi
yaxshi xulq-atvordir. Tadbirkorlik – odamlarga foyda keltirish, ularning
turmush tarzini yaxshilashdir.
Tadbirkor, avvalo, ma’nan boy bo‘lishi va oddiy ishga ham katta
mas’uliyat, va g‘ayrat bilan kirishmog‘i kerak. Halol va to‘g‘riso‘z, sifat
uchun qayg‘uradigan tadbirkorning mijozlari uning mahsulotlari to‘g‘risida
boshqalarni xabardor qilsalargina, ishida unum bo‘ladi. Ilg‘or fikr va
tashabbuskorlik tadbirkorni yetakchiga aylantiradi. Yangiliklarni qo‘llab-
quvvatlagan tadbirkor uzoqqa boradi.
Quyidagi infografikani sharhlab bering.
Muvaffaqiyatli tadbirkor
Shoshilinch xulosa chiqarmaydi, o‘ylab qaror qabul qiladi.
Muvaffaqiyatsizligining sabablarini o‘rganib, maqsadi ortidan qat’iy
boradi.
Vaqtni eng qimmatbaho boylik deb biladi.
Ko‘proq o‘qiydi va o‘rganish orqali imkon izlaydi.
Mavjud talab va ehtiyojni hisobga olib reja tuzadi.
Nufuz yoki pul uchun harakat qilmaydi, kompaniyaning qadr-qimmatini
oshirish yo‘llarini qidiradi.
Faollashtiruvchi savollar
Savol va topshiriqlar
Amaliy faoliyat
1. Nima deb o‘ylaysiz, tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishda
xulq-atvorning qanday o‘rni bor?
2. Tadbirkor uchun «qalban boy», «ko‘zi to‘q» bo‘lish nega kerak?
3. Nima sababdan yangiliklarni qo‘llab-quvvatlagan tadbirkor uzoqqa
boradi?


103
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, gaplarni to‘ldiring.
Halol mehnat – mo‘l ... .
O‘zbek xalq maqoli
Puldan tashqari hech nimani tan olmaydigan tadbirkorlik – ... dir.
Henri Ford
Tadbirkorlikning siri boshqalar bilmagan tadbirdan ... bo‘lishdir.
Arastu
Foydalanish uchun so‘zlar: boxabar, daromad, qashshoqlik, kasod.
Quyidagi savollardan birini tanlab, unga javob tayyorlang.
Qo‘lingizda 20 million so‘m bo‘lganida, uni 24 soat ichida qanday qilib
40 million so‘mga ko‘paytirgan bo‘lar edingiz?
Mineral ichimlik suvi ishlab chiqarsangiz, o‘zingizga qanday nom, shior
tanlagan bo‘lar edingiz?
Deylik, siz biror-bir yirik kompaniyaning rahbarisiz. Erta tongda
uyqudan uyg‘ongach, birinchi bo‘lib faoliyatingizga oid qaysi uchta
ma’lumotni tekshirib ko‘rgan bo‘lar edingiz?
Hozir tadbirkorlik qilish uchun sizga to‘sqinlik qiladigan kuchsiz
jihatingiz nima deb o‘ylaysiz?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin