I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot 18 @edurtm_uz
02 03 04 YYaannggii
vvaazziiffaallaarr
qqoo
‘‘
yyiisshh
N
Naattiijjaaggaa
eerriisshhiisshhnniinngg
ttoo
‘‘
rrtt bboossqqiicchhii
M
Muuvvaaffffaaqqiiyyaattnnii
rreejjaallaasshhttiirriisshh
BBaarrqqaarroorr
hhaarraakkaatt
N
Naattiijjaallaarrnnii
ttaahhlliill qqiilliisshh
1. Insonga o‘zini anglash nima uchun kerak?
2.
Salohiyatingizni namoyon qilish uchun zarur barcha ehtiyojlar
sizda mavjudmi?
3. «Anglash ehtiyoji» deganda nimani tushunasiz?
4. «Ehtiyojlar piramidasi» aso
sida o‘zingiz uchun kun tartibi tuzing.
SHAXSIY RIVOJLANISH UCHUN 3 QADAM Shaxsiy nuqtayi nazarni rivojlantiring. 1. Ayni paytda oldingizda turgan maqsadingizni yozing.
2. Maqsadingiz haqida nima deya olasiz? U siz uchun nega ahamiyatli?
3. U sizni bir oy yoki bir yildan keyin qayerga olib boradi?
Shaxsiy rivojlanishni rejalashtiring. 1. Maqsadingizga sizni nima olib boradi?
2. Unga yetish uchun oldingizda qanday to‘siqlar bor?
3. Bu yo‘lda sizga qanday ko‘nikma va bilim kerak bo‘ladi?
4. Siz o‘zingizni qayerda tasavvur qilsangiz – shuning o‘zi siz uchun
maqsad sari olg‘a borishga rag‘batdir.
O‘zgarish jarayonini boshlang. 1. Qaysi ishni oson va maromiga yetkazib, zavq bilan bajarasiz? Buning
uchun atrofdagilardan qanday e’tirof eshitgansiz?
2. Bu yo‘nalishda yetuk mutaxassisga aylanish uchun qanday ko‘nikmalar
zarur?
3. Nimada qobiliyatli ekaningizni bilish, sizga baxt va davlat olib
keladigan ish bilan mashg‘ul bo‘lishni anglatadi.
Yuqori natijaning sabablari: Malaka – bilim va mahoratning yuqoriligi
Rag‘bat – motivatsiyaning borligi
Unumdorlikka erishishning uch bosqichi: Qo‘lingizdan keladigan ishni qiling
Shu yo‘nalishda o‘qib-o‘rganing
Rivojlanish rejasini tuzing