19
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
5-MAVZU: FAOL O‘QUVCHIDAN
FAOL FUQAROLIKKACHA
Maktabdan qaytayotgan Bahromjon elektr
simini uzilib yotganini ko‘rib qoldi.
Aylanib
o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin bu yerdan
o‘tishi mumkin bo‘lgan yosh bolalar va
qariyalar ko‘z
oldiga keldi-yu, qo‘l telefonidan
1050 – avariya xizmatiga telefon qilib, muam-
moni aytdi. Muammo tezda bartaraf etildi.
1. Bahromjonning e’tibori mahalla osoyishta-
ligiga qanday hissa qo‘shadi?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, barcha fuqaro faol,
e’tibor li bo‘lsa nima bo‘ladi?
* * *
Faol fuqarolar shaxsiy maqsadlari va qiziqishlari yo‘lida bir-birlari bilan
hamkorlik qilishadi.
Ular uyushmalar, iste’molchilar kengashlari, klublar va
ko‘ngillilar jamoalarini tuzadilar.
Shaxsiy javobgarlik hissiga ega fuqaro jamiyatda faol bo‘lishning
ahamiyatini anglaydi. Faol fuqarolar nafaqat
jamiyatning rivojlanishi,
balki boshqalarning farovonligini ham o‘ylaydilar. Ular atrofdagilarga
yor dam qo‘lini cho‘zadilar, xayr-saxovat ishlarida qatnashadilar. Faol
fuqarolik Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi sabab paydo bo‘ladi. Ular
mahal liy tuzilma va tashkilotlarda ko‘ngilli sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.
Matnni o‘qing va nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib
gaplarni to‘ldiring.
FAOL FUQARO KIM?
Faol fuqarolar ... kunida mamlakat ... uchun xizmat qiladigan
nomzodlarga ovoz berish uchun ... ishtirok etadilar.
Fuqarolar bir
qancha ... egalar, shu bilan birga ularning ... ham bor. Fuqaro mamlakati ...
uchun xizmat qiladi. Ular davlat ... hurmat qilishlari zarur. Fuqaroning
davlat boshqaruvidagi ... rivojlanish uchun muhimdir. Kim ningdir
Vataniga sodiqligi va ... vatanparvarlik deyiladi.
Faol fuqaro mahalla va
hududi ..., xavfsizligi va ... , atrof-muhitni ... uchun kamarbasta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: