I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
20
@edurtm_uz
Vazifa
Bilasizmi?
ANZIRAT BUVI KIM?
Barchamizga yaxshi tanish «Suyunchi»
filmining bosh qahramoni – Anzirat buvi
qishloqdagi barchaning issiq-sovug‘idan
xabardor, hashar ishlariga bosh-qosh, muammo-
larga yechim topishda
faolligi bilan tomo-
shabinda taassurot qoldiradi. Uni faol fuqaro
timsoli deyish mumkin.
Mashq.
Tushirib qoldirilgan so‘zlarni
toping.
Anzirat buvining ... ... sababli hamqish-
loqlari uni «General buvi» deb atashadi.
Qishloqning ... ...ga aylangan Anzirat
buvi qishloqni ... ... qilishga bosh-qosh.
U hamqishloqlarining ... ...,
... ... va ... ...ga
jim qarab tura
olmaydi.
Qishloq raisi nima sa-
babdan Anzirat buvini «qish-
loqning vijdoni» degan?
Qishloqning ham vijdoni
bo‘ladimi?
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Vazifa
1. Sarvarbek ishdan bo‘sh vaqtlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti-
ning Mingyillik rivojlanish dasturi doirasidagi «Ona tabiatga qo‘l cho‘z»
loyihasida ishtirok etadi. Uning bosh maqsadi – tabiatni himoya qilishdir.
Loyiha doirasida u boshqa mamlakatlardagi
tabiatsevar insonlar bilan
tajriba va fikr almashadi.
2. Qo‘shni hovlida ma’raka bo‘lib qoldi. Qo‘ni-qo‘shnilar darrov chiqib,
ko‘cha-hovlilarni supurib-sidirib, odamlar kelishi uchun joy tayyorlay
boshladilar. Kimdir uyidan ko‘rpacha
olib chiqsa, kimdir stol-stul tashish
bilan ovora edi.
3. Qo‘shni xonadonga mehmon
keldi. Uyda hech kim bo‘lmaganligi
sababli, yon qo‘shni mehmonlarni
uyiga
olib kirib, dastur xon yozdi va
hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.
21
5. «Yangi hayot» mahallasining
obodligi ko‘zni quvontiradi. Har yili
mahallaning
uyushqoq aholisi hashar
tadbirlarini tashkil etadilar. Mahalla-
dagi ko‘ngillilar jamoasi xayriya va
bayram tadbirlarini o‘tkazishga bosh-
qosh.
4. Mahalla fuqarolar yig‘inida urush
qatnashchisi
Samariddin otaning betobli-
gidan xabar topgan Sarvarbek ko‘cha
boshidagi novvoyxonadan non olib,
uyidan chiqa olmayotgan otaxonni yo‘qlab
kirdi.