I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
32
@edurtm_uz
Savol va topshiriqlar
1. Hikoyadagi onaning donoligini ta’riflab bering.
2. Ona haqiqatni farzandidan yashirib to‘g‘ri qilganmi?
3. Tomasning hayoti boshqacha ham bo‘lishi mumkin edimi?
Tomas Edisonni «kashfiyotlar dahosi» deyishadi. Uning cho‘g‘lanma
chiroq, fonograf (tovushni yozib oladigan va qayta eshittiradigan asbob),
telegraf, telefon va kinetograf (harakatlantiradigan
tasvirni tasmaga
yozadigan apparat) kabi ixtirolari insoniyat hayotini o‘zgartirib yuborgan.
Edison bolaligida qizilcha kasalligi bilan og‘rib, eshitish qobiliyati
zaiflashgan. Bu esa uning maktabdagi tahsiliga ta’sir qilgan.
Uni kamsitish
-
gan, mazax qilishgan. Maktabda u bor-yo‘g‘i 3 oy o‘qigan. Qolgan saboqlarni
uyda – onasidan olgan. U o‘n yoshida uyining yerto‘lasida
laboratoriya
ochib, kimyo, fizika fanlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgangan. U bo‘sh
vaqtlarida ilmiy-tajribaviy kitoblarni o‘qigan.
Ma’naviyat xazinasidan
Mulohaza uchun
Xalqn
ing aniq
maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli
boʻlib
izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka
tushishi,
baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul,
asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq.
Abdurauf Fitrat
BOBO-BUVI – NEVARALARNING HIMOYACHILARI
Bobo va buvilarimizning hayotimizdagi o‘rni beqiyos. Ular bizga
mehrdan tashqari axloqiy va hayotiy saboqlarni berishadi. Ko‘pchilik bobo