II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
52
@edurtm_uz
QAROR QABUL QILISH VA XULOSA YASASH
Qaror qabul qilish – maqsadga yetish yoki muvaffaqiyatsizlikka
uchrash
faoliyatni boshqarishning ajralmas qismidir. Bu – muammoga yechim
topish faoliyati sifatida maqbul yoki hech bo‘lmaganda qoniqtiruvchi yechim
topishni, yakuniy to‘xtamga kelishni anglatadi.
Yo‘lboshchi qanchalar kuchli bo‘lsa, uning
qarorlari ham shu qadar
maqsadli va samarali bo‘ladi. Qaror qanchalik mustahkam bo‘lsa, lider ham
shu qadar mas’ul bo‘ladi.
Qaysi qaroringizdan afsuslangansiz?
Quyidagi kasb egalari bugun o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishishlari
uchun qanday zamonaviy bilimlarni egallashlari kerak.
Amaliy faoliyat
53
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
HISSIY BILISH – ANIQ HARAKATLANISH KOMPASI
O‘z hislarini boshqarish va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish
hayotda muvaffaqiyat qozonishda muhim ahamiyatga ega.
Hissiy bilish –
insonning hislarni fahmlash, farqlay olish, boshqa larning
xohish va istaklarini tushunish. Bu ko‘nikma insonga maqsadi yo‘lida
o‘z hislarini va boshqalarning hislarini boshqarishga yordam beradi.
Biz ba’zida tashvishlardan vahimaga
tushamiz yoki boshqalarning
xatti-harakatlaridan g‘azablanamiz. Ammo bu qanchalik asosli? Agar
g‘azab yoki vahima qilish qimmatga tushishini bilsangiz, hislarni boshqara
olsangiz – sizda hissiy bilish ko‘nikmasi bor.
Siz jahlingiz chiqqanida hislaringizni nazorat qila olasizmi?
Dostları ilə paylaş: