Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


Vazifa IJODIY FIKRLASH UCHUN VAQT



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Vazifa
IJODIY FIKRLASH UCHUN VAQT
Ehtimoliy o‘ylash o‘zini oqlashi uchun biz uni
boshdan o‘tkazib ko‘rishi miz kerak. Ko‘pchilik
o‘ylaganidek, o‘ylash – yo‘l-yo‘lakay yoki bo‘sh
bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ladigan hodisa emas.
Eynshteynning fikricha, inson har kun, muay-
yan paytda idrok qilish bilan band bo‘lishi
lozim. Bu jarayon «ijodiy tafakkur» deb nom-
lanadi. Agar sizni biror muammo yoki masala
o‘ylantirsa, vaqt ajratib, u to‘g‘risida tafakkur
qiling. Olim ko‘z oldida muammo suratini hosil
qilib, fikrlashni yaxshi ko‘rgan. Uning aytishicha, bu – idrok qilishning
samarali yo‘lidir.
Shuningdek, kashfiyotchi har qanday muammo yoki masala uzoq
o‘ylansa va tashlab qo‘yilmasa, oxir-oqibat yechimini topishiga ishongan.
«Men oylab, yillab o‘ylab yurar edim. Xulosalar 99 foiz asossiz bo‘lib chiqar,
oxir-oqibat yuzinchi marta yechimni topar edim», – deydi olim.


49
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
MIYA ALDANADIMI?
1939-yil. Bir kuni Kaliforniya universiteti
talabasi Jorj Bernard Dansig statistika darsiga
kech qoladi. U o‘quv xonasiga yetib kelganida
dars allaqachon tugagan va doskada 2 ta
ma sala chala yozib qoldirilgan edi. Jorj
Bernard ularni uyga vazifa deb xayol qilib
shosha-pisha ko‘chirib oldi.
Keyingi bir hafta u besaranjom bo‘ldi:
masalalarni yechish uchun kutubxonaga 
qatnadi, tunlari ishladi. U masalalarning
odatdagidan biroz mushkulroq ekanini pay qadi, ammo qunt bilan
ularni yechishga kirishdi.
Biroq kelasi darsda o‘qituvchi bu masalalar haqida og‘iz ochmadi.
U har ehtimolga qarshi ishlanmalarini professorga qoldirib ketdi.
Keyingi kun, erta tongda Jorj Bernardning yotoqxona eshigi taqilladi.
«Sen ishlagan masalalarga taqriz yozdim. Iltimos, buni o‘qib, maqola
tayyorla va chop etish uchun biror nashrga yubor», – dedi ostonada
hansirab turgan professor Neyman. Jorj nima gapligini tushunmay
ustozining qo‘lidagi qog‘ozga ko‘z tashladi.
«Yechilmagan ikki statistik masalaning javobi topildi» deb yozilgan edi
unda. Shu taxlit Jorj Bernard Dansig o‘zi bexabar holda ikki yechimsiz
masalaga javob topgan edi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin