II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
54
@edurtm_uz
14-MAVZU: INNOVATSIYA VA ILG‘OR FIKRLASH –
TARAQQIYOT G‘ILDIRAGI
Quyidagi matnlarda insoniyat tarixidagi qaysi innovatsiyalar haqida
gap ketayotganini toping.
Undan ilk marotaba 400 ming yil avval foydalanilgan. U himoyala-
nishda, masofadan turib muloqot qilishda odamlarga qo‘l kelgan.
100 000 yil avval yaratilgan bu innovatsiya bir avlod to‘plagan
tajribani
keyingi avlodga yetkazishni osonlashtirgan.
19 000 yoshdagi bu ilg‘or fikr paydo bo‘lishi bilan odamlar tuyalarni
xonakilashtirib, savdogarlikda foydalanishgan.
17 000 yil avval yuzaga kelgan bu voqeadan so‘ng odamlar ko‘chman-
chilikdan voz kechib,
bir joyda yashab, qishloq va shaharlar qurganlar.
6000 yoshdagi bu ilg‘or ixtiro savdo-sotiq rivojini harakatga keltirgan
navbatdagi ulkan kuch bo‘ldi.
5400 yil avval u loydan yasalib,
olovda pishirilgan, natijada o‘nlab
yangi transport vositalari yaratilgan.
5000 yoshdagi bu innovatsiya savdo tizimini osonlashtirgan, mahsulot
almashuv jarayoniga asta-sekin chek qo‘ygan.
Dostları ilə paylaş: