II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
58
@edurtm_uz
15–16-MAVZU: TANQIDIY FIKRLASH
1. Quyidagi suratlarda qanday jarayon aks etganini toping.
2. Javoblaringizni izohlang.
3. Yana nima qo‘shimcha qila olasiz?
«NIMA BO‘LGAN BO‘LAR EDI?»
Ushbu mashq sizga «yon tomon»dan
fikrlash va masalaga boshqa
rakursdan qarash imkonini beradi. Ijodiy va amaliy fikrlagan holda
savollarga javob bering.
Nima bo‘lgan bo‘lar edi, agar …
… kompyuter va elektron gadjetlar to‘satdan hayotimizdan g‘oyib bo‘l-
ganida?
… dunyoda elektr tokisiz yashashga to‘g‘ri kelganida?
… sizga dunyodagi bitta narsani o‘zgartirish imkoni berilganida?
… yer yuzida daraxtlar bo‘lmaganida?
Amaliy faoliyat
Amaliy faoliyat
59
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
TANQIDIY FIKRLASH – INNOVATSIYANING TAGZAMINI
Aristotel yoki Arximed, Beruniy yoki Xorazmiy, Stiv Jobs ...
Insoniyat tarixini o‘zgartirgan va o‘zgartirayotgan
insonlardagi umumiy
o‘xshashliklardan biri – tanqidiy fikrlash qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash –
muvaffaqiyat qozonishga, baxtli yashashga, mo‘may
daromad topishga,
hurmat qozonishga xizmat qiladi. Xo‘sh, tanqidiy fikrlash qanday sodir
bo‘ladi?
Tasavvur qiling, siz ko‘p ma’lumotlarni bilasiz va kuchli xotiraga egasiz.
Lekin bu qobiliyatlaringiz sizga qarshingizdagi muammoni hal qilishga
yordam bera olmaydi. Chunki sizda hozircha tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi
yetishmayapti. Muammoni hal qilish uchun yangi g‘oya kerak.
Muammoning
ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g‘oyalarga, balki ularning qanchalar
foydali ekaniga ham bog‘liq. T
anqidiy fikrlash ko‘nikmasi orqali g‘oya-
fikrlarni baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz
va ulardan hayotimizni
o‘zgartirish uchun foydalanamiz.
Tanqidiy fikrlaydigan odam g‘oya va fikrlarni bog‘lab turgan aloqalarni
yaxshi tushunadi. Natijada, u dunyoni boshqalardan ko‘ra
yaxshiroq va
tezroq anglaydi.
Tasavvur qiling, siz qora rangli buyum oldidasiz. Ammo uning ichi yoki
boshqa tomoni oq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylaganmisiz? Ehtimol
tashqaridan qo‘pol ko‘ringan odam ich-ichidan mehribon bo‘lib
chiqishini
taxmin qilgan bo‘lishingiz mumkin.
Tanqidiy fikrlash – muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va
oqilona foydalana olish, savol berish oqrali qo‘shimcha ma’lumotlar
topish
ko‘nikmasidir.
Dostları ilə paylaş: